Globallashuv sharoitida antropologik inqirozning oldini olishning zaruriyati


Milliy va umuminsoniy qadriyatlar dialektikasi



Yüklə 84,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix26.10.2023
ölçüsü84,18 Kb.
#132008
1   2   3
Globallashuv sharoitida antropologik inqirozning oldini olishnin

 
Milliy va umuminsoniy qadriyatlar dialektikasi
 
Milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi
Qadriyatlar har doim insonlarni mehr-
oqibatga, o‘zaro hamjihatlikka 
chorlovchi, asrlardan-
asrlarga o‘tib xalq turmush tarzining ajralmas qismiga 
aylangan moddiy va ma’naviy jarayonlarning sa’ra namunalaridir. Zero, 
qadriyat bu - 
millatning o‘tmishi, buguni va kelajagini belgilab beruvchi 
muhim omildir. Bizga ma’lumki har bir xalqning o‘ziga xos qadriyatlar 
silsilasi mavjud bo‘lib, u xalqning ko‘zgusi hisoblanadi. Shuning asosid

millatning turmush tarzida, madaniyati va ma’naviyatida, ongi
-shuurida, 
o‘zaro
 muloqotida aks etib
, o‘z 
ifodasini topadi. Qadriyatlar har bir xalqning 
qon-qonigacha singib, insoniyat uchun muhim ahamiyat kasb etadi va shu 
tariqa, millat, elat va ijtimoiy guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga 
xizmat qiluvchi, shu tufayli ular tomonidan qadrlanadigan tabiat va jamiyat 
ne’matlari xodisalaridir.
Qadriyatlarni jamiyat, millat hayotidagi o‘rni, ijtimoiy xarakteriga qarab 
quyidagi: 
Milliy; 
Diniy; 
Mintaqaviy; 
Umuminsoniy turlarga bo‘linadi.
Jamiyatning rivojlanish bosqichlarida, insonlar ijtimoiy hodisalarga turli xil 
munosabatda bo‘lish
 asosida ularning dunyoqarashi, yashash tarzi, 


mentaliteti shakllanadi. Milliy qadriyatlar millatning tili, madaniyati, tarixi, 
urf-
odatlari, an’analarini, jamiki moddiy va ma’naviy
 boyliklarini, iqtisodiy, 
ijtimoiy-siyosiy hayotning barcha tomonlarini qamrab oladi. 
Bulardan tashqari, milliy qadriyatlar tabiatiga ko‘ra, tor doiralar bilan 
cheklanib qolmaydi, balki rivojlanib, turmush jarayoni chig‘iriqlaridan 
o‘tib,
 yangilanib
, boshqa xalqlar qadriyatlarining yutuqlari bilan to‘ldirilib, 
boyib boradi. Bizga ma’lumki xalqimizning ming yillardan beri sayqallanib 
muhimligi jihatidan o‘zining ahamiyatini saqlab kelayotgan o‘ziga xos milliy 
qadriyatlar tizimi mavjud. Bu qadriyatlar tizimi, yillar silsilasi, zamona 
zayllari, turli ijtimoiy va siyosiy jarayonlar ta’sirida shakllanib kelmoqda. 
Milliy qadriyatlarimiz millatimizning naqadar muhim, jozibador, insoniyat 
hayoti uchun dolzarb ahamiyatga ega ekanligini bot-bot isbotlab, millat 
ruhini o‘zida aks ettirib kelmoqda. Bu qadriyatlar tizimini millat 
taraqqiyotining asosiy omili deb ta’kidlash o‘rinli. Qadriyatl
ar xalqimizning 
bebaho boyligidir. Uni avaylab-asrash, rivojlantirish, boyitish har bir 
yurtdoshimizning muqaddas burchidir. 
Barchamizga ma’lumki, yurtimiz mustaqillikka erishgan dastlabki 
kunlardanoq, hayotimizning barcha jabhalarida “qadriyatlar”, “milliy g‘oya”, 
“o‘zlikni anglash”, “milliy tiklanish”, “ijtimoiy adolat”, “milliy ong”, “milliy 
g‘urur”, “milliy iftixor”, “Vatanparvarlik” kabi atamalar paydo bo‘ldi.
 Bu 
atamalar
, bir maqsad sari: “Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot” 
barpo etishda xalqimizni birdam va hamjihatlikda xarakat qilishga undab 
kelmoqda. 
Zero, istiqlol ayni paytda milliy o‘zlikni 
anglash demakdir. 
Yurtimizda inson va uning hayoti eng oliy qadriyat hisoblanadi. Insoniyat 
paydo bo‘libdiki, uning qadr
-
qimmati, sha’ni, ezgu qarashlari ulug‘lanib 
kelinadi. Shu boisdan inson sha’ni va qadr
-
qimmatini e’zozlash, uning 
turmush 
sharoitini, 
bilimi 
va 
madaniy-
ma’rifiy 
saviyasini 
rivojlantirish, salomatligini yaxshilash, hayotini himoya qilish davlatimiz 
siyos
atining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, “Davlat xalq irodasini ifoda 
etib, uning manfaatlariga xizmat qilishi”
bosh qomusimizda ham belgilab qo‘yilgan. Hozirgi kundagi yurtimizda 
bo‘layotgan o‘zgarishlar, islohotlar, qabul qilinayotgan qonun va 
nizomlarning mazmun-mohiyati ham aynan shundadir. 
Milliy qadriyatlarimiz umuminsoniy qadriyatlar bilan ham chambarchas 
bog‘liq. Umuminsoniy qadriyatlar ko‘lami va mazmuni jihatidan chuqur va 
keng qamrovli bo‘lib, barcha millatlar, elatlar va xalqlarning maqsa

intilishirini o‘zida mujassamlashtirgan. Milliy qadriyatlar, umuminsoniy 
qadriyatlar bilan qanchalik ko‘p uyg‘unlashgan bo‘lsa,
 ularning rivojlanishiga, 


ommalashishiga keng imkoniyat yaratadi. Umuminsoniy qadriyatlar tizimi 
insoniyat tamaddunining taraqqiyoti bilan bog‘liqligi va umumbashariy 
ahamiyatga egaligi bilan ajralib turadi

Yüklə 84,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə