Go‘daklik davri



Yüklə 2,85 Mb.
səhifə3/4
tarix08.05.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#109188
1   2   3   4
GO‘DAKLIK DAVRI

Pedagogik tajribalarga va mavjud psixologo-fiziologik tek- shirish natijalariga asoslanib maktabgacha yoshdagi bolalarning psixik taraqqiyoti quyidagi yosh bosqichlariga ajratiladi. (Bunda bola tug‘ilgandan tortib, to maktabda o‘qiy boshlaguncha bolgan davr hisobga olinadi.)

  • Pedagogik tajribalarga va mavjud psixologo-fiziologik tek- shirish natijalariga asoslanib maktabgacha yoshdagi bolalarning psixik taraqqiyoti quyidagi yosh bosqichlariga ajratiladi. (Bunda bola tug‘ilgandan tortib, to maktabda o‘qiy boshlaguncha bolgan davr hisobga olinadi.)
  • 1. Tugllgandan bir yoshgacha: chaqaloqlik davri (hayotining birinchi oyi); hayotining birinchi yili —go‘daklik davri.
  • 2. Bir yoshdan uch yoshgacha: ilk bolalik davri.
  • 3. Uch yoshdan yetti yoshgacha: maktabgacha bolgan davr.

INQIROZLI DAVR SIFATIDA GO‘DAKLIK DAVRI

  • Go'daklik davri bu bolaning himoyasiz, kam harakat, atrofidagi hodisalarga juda kam reaksiyasi bo‘lgan boladan juda jadal ravishda rivojlanadigan, faol, tez ilg‘aydigan, harakatchan, yor­damga chaqira oladigan quvnoq bolaga aylanish davridir. Go‘dak yoshidagi bola ham jismonan, ham psixik, ham ijtimoiy jihatdan juda tez rivojlanadi. U qisqa vaqt ichida kattalar bilan munosabat o‘rnatadi, predmetlarni ushlashga va ulardan foydalanishga o‘rganadi. U atrof-olamdagi narsalarni kuzatadi, predmetlarni qo‘li bilan ushlab, ularni qandayligini bilishga intiladi, tovushlarga e’tibor beradi va predmetlarni harakatlantirish yordamida shu tovushlarni o‘zi yaratishga harakat qiladi. U o‘z onasi va bosh­qa yaqinlari bilan emotsional munosabatga kirishadi, juda qis­qa vaqt ichida, kattalarning yaqin kelishidan quvonadigan bola­ga aylanadi.
  • Ilk yoshdagi bolaning harakat faoliyati uning rivojlanish da­rajasini va nerv tizimining funksional holatini aks ettiradi.

Hayotining birinchi yilida psixik rivojlanish

  • Go‘daklik davridagi bolaning hayoti to‘liq kattalar bilan hamkorlikdagi emotsional munosabat bilan bog‘liq bo‘lib, bola kayfiyatining yaxshi bo‘lishiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. 4—5 oyligidan boshlab, bola o‘z yaqinlarini begonalardan ajrata bosh­laydi. Kattalar bilan emotsional munosabat shu yoshdagi bola­larning asosiy yetakchi faoliyati bo‘lib, bola psixik taraqqiyotining asosi bo‘lib hisoblanadi. Kattalarning doimiy ravishda bola bilan birga bolishlariga unga o‘z diqqatlarini qaratishlariga odatlanishi, uning o‘yinchoqlarga nisbatan qiziqishining susayishiga olib kelishi mumkin. Tarbiyaning to‘g‘ri olib borilishi bolaning kat­talar bilan bo‘ladigan muomala-munosabatini predmetlar, o‘yinchoqlar bilan munosabatining almashinishiga olib keladi.
  • Kattalar yordami bilan bajariladigan barcha xatti-harakatlari bolaning kelgusi psixik rivoji uchun asos boladi.

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə