Guliston davlat universiteti oziq-ovqat texnologiyalari kafedrasi



Yüklə 6,49 Mb.
səhifə36/44
tarix27.09.2023
ölçüsü6,49 Mb.
#123920
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   44
konserva ishlab chiqarishda tara reklama

7-misol. 1000 shartli banka murabbo uchun talab qilinadigan tayyor meva miqdori meva hajmi saqlanish koeffitsienti K=0,8 va 0,6 bo’lganda topilsin. Yangi meva zichligi 1,04 gG’sm3, tayyor murabbo uchun 1,32
K=0,8 bo’lganda
Bu holda 1000 shartli banka murabbo uchun xom ashyo yo’qotish va chiqiti 12 % bo’lganda meva sarfi me’yori
kg

K=0,6 bo’lganda kg




kg
Misoldan ko’rinib turibdiki, meva hajmi saqlanish koeffitsienti-ning ozroq o’zgarishi xom ashyo sarf me’yorini keskin o’zgarishiga olib kelayapti.


Darsning maqsadi: talabalar oziq-ovqat mahsulotlari idishlari va unga qo’yiladigan standart talablari bilan tanishadilar. Shtrix kodlanishiga oid masalalar echishni o’rganadilar, tekshirib, xulosa qiladilar.
Oziq-ovqat mahsulotlari solinadigan idishlar mahsulotni sifatini buzuvchi qor-yomg’irdan, hidining yo’qolishi, urilib shikastlanishidan, qurish, uvalanish, oqish - to’kishdan, yokimsiz hid, ombor zararkunandalaridan va boshqalardan saklaydi. Idish tayyorlanadigan materiallarning ahamiyati katta. U arzon, engil, chidamli, nam tortmaydigan, hidsiz bulishi, mahsulotga kimyoviy ta’sir etmasligi, mahsulot namligini o’ziga tortmasligi lozim.
Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash uchun qo’llaniladigan idishlarni 2 ta turga ajratish mumkin: birinchi turdagi idishlar bu asosan yangi uzilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini tashish va vaqtinchalik saqlash uchun qo’llaniladigan idishlar va ikkinchi turdagi idishlar tayyor va yarim tayyorlangan konserva mahsulotlarini saqlash uchun qo’llaniladigan idishlar.
Birinchi turdagi idishlarga turli xil hajmdagi yog’och yashiklar, kontenerlar, qog’oz materiallardan tayyorlangan idishlar, ip gazlama va boshqa materiallardan tayyorlangan qoplar, tsesternalar va boshqalar bo’lib ularda mahsulotlar ochiq holda saqlanadi, ular mahsulotning turi va miqdoriga qarab tanlanadi.
Ikkinchi turdagi idishlarga asosan shisha, metall, ichki qismiga maxsus qoplamali materiallar bilan ishlov berilgan qog’oz idishlar, plastmassa materiallaridan tayyorlangan (turli xil hajmdagi bochkalar, baklajkalar va boshqa) kiradi.
Konservalangan meva va sabzavotlarni joylashda turli joylash materiallaridan foydalaniladi. Yog’och idishga-yashik, kuti, bochka, bargli va tilyog’och daraxtlari yog’ochidan yasaydilar. Yog’ochdan yasaydigan idishdagi namlik 16-18 % dan oshmasligi kerak. Karton idishlarga-kartonlardan yasalgan yashik, quti, stakanlar kiradi.
Qog’oz idish-pishiq qog’oz qop, paket, o’rov qog’ozi, yog’ shimmaydigan qog’ozlardir. Matodan tikilgan idishlarga-kanop, yarim kanop, ip-gazlama kabilardan tikilgan idishlar kiradi. Matodan tikilgan qoplar mahsulotni ifloslanishidan tejamli foydalanishga imkon beradi.
Shisha idishga-turli sig’imdagi butilka, banka, balonlar kiradi. Bunday idishlarda mahsulotlar yaxshi saqlanadi. Metall idishlarga-tunukadan tayyorlangan bochka, flyagalar, banka, tunuka yashiklar va alyumin folgalar kiradi. Polimer materiallaridan tayyorlangan idishlarga butilka, banka, stakan, flyaga, plyonka kiradi. Bunday idishlarning barcha turi muayyan talablarga javob berishi lozim: mahsulot bilan idish o’zaro ta’sir qilmasligi, mahsulotning rangi, hidi, ta’mini buzmasligi, tarkibida kishi organizmi uchun zararli moddalar bo’lmasligi shart.
Shtrix-kodlardan mahsulotlarga nisbatan tadbiq etish g’oyasi ilk bora 30-yillarda AQSh ning Garvard biznes maktabida yaratilgan bo’lib, undan amalda foydalanish bir necha o’n yillardan so’nggina, ya’ni, 60-yillardan boshlangan. Shtrix-kodlarni dastlabki qo’llovchilar temir yo’lchilar bo’lib, shu usul orqali temir yo’l vagonlarini identifikatsiyalashtirilgan. Mikroprotsessor texnikasining gurkirab rivojlanishi 70-yillardan boshlab shtrix-kodlardan keng ravishda foydalanish imkonini yaratdi. 1973 yil AQShda Mahsulotning Universal Kodi (IPC) qabul qilinib, 1977 yildan boshlab esa Evropa Kodlash Tizimi EAN (European Article Numbering) ta’sis etildi va hozirda undan nafaqat Evropada, balki boshqa mintaqalarda ham keng ravishda foydalanilmoqda.18
Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan davlatimizda O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan tovarlarni shtrixli kodlash kiritilmoqda. “GS1 International” (EAN Uzbekistan) (Belgiya, Bryussel) xalqaro assotsiatsiyasi tomonidan bizning mamlakatimizga 478 raqamli identifikatlashtirish kodi berildi.
Asosan EAN ning ikki kodidan ko’proq foydalaniladi: 13 razryadli va 8 razryadli raqamli kodlar. Bunda eng ingichka shtrix birlik sifatida olinadi. Har bir raqam (yoki razryad) ikki shtrix va ikki probeldan iborat bo’ladi (8- va 9- rasmlar). 13 razryadli kodning tarkibida quyidagi kodlar ko’rsatiladi:
- davlat kodi ("davlat bayrog’i");
-korxona (firma) - tayyorlovchi kodi;
-mahsulotning kodi;
-nazorat soni.
Tayyorlovchi korxonaning kodi har bir davlatda tegishli organlar tomonidan tuziladi. Odatda, bu kod beshta raqamdan iborat bo’lib, davlat kodidan keyin keladi.
Mahsulot kodi tayyorlovchi tomonidan tuziladi va u ham beshta raqamdan iborat bo’ladi. Bu kodning rasshifrovkasi standart emas, u mahsulotga taalluqli bo’lgan muayyan hususiyatlarni (belgilarni) yoki faqat tayyorlovchining o’zigagina ma’lum bo’lgan va shu mahsulotning qayd etish tartib raqamini ifodalashi ham mumkin.




Yüklə 6,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə