Guliston davlat universiteti oziq-ovqat texnologiyalari kafedrasi


-rasm. Sovutilgan go`shtni vagon-refrijerator ichida joylashtirish sxemasi



Yüklə 6,49 Mb.
səhifə7/44
tarix27.09.2023
ölçüsü6,49 Mb.
#123920
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   44
konserva ishlab chiqarishda tara reklama

1-rasm. Sovutilgan go`shtni vagon-refrijerator ichida joylashtirish sxemasi.

Vagon-refrijeratorlar poliuretan, polistirol yoki shisha paxta bilan izolyatsiyalanadi. Izolyatsiya qatlamining qalinligi 120-200 mm ni tashkil etadi. Refrijeratorli temir yo`l poezdlari vagon-refrijeratorlar tizimini tashkil etadi. Vagonlardan birida ichki yonuv dvigateli bilan kuchli sovutish qurilmasi va boshqa sovutgich qismlari o`rnatiladi. Odatda bunday vagon o`rtada joylashgan3.


Sovutish agenti (freon) vagondan vagonga egiluvchan shlang orqali uzatiladi. Shuning bilan poezddagi barcha vagon-refrijerator birgina vagonga o`rnatilgan sovutish agregati yordamida sovutiladi. Shunday poezd birdaniga 400 t go`shtni tashish qobiliyatiga ega. Vagonlardagi haroratni kerakli darajada o`zgartirish imkoniyati mavjud.
Me`yoriy yuklanganda sovutish agregatini 6-7 sutka uzluksiz ishlatganda, tashqaridagi harorat 250C bo`lganda sovutilgan go`sht ortilgan vagonlarda harorat -10C ni tashkil etadi.
Go`sht sifatini saqlagan holda katta masofada joylashgan qayta ishlash korxonalarigacha tashib kelishda, temir yo`l mavjud bo`lgan hollarda, sovutgichli poezdlar katta rol o`ynaydi. Temir yo`l yo`q holda esa 150-200 km masofaga go`sht tashib kelishda refrijeratorli avtomobil transportidan foydalaniladi4.
Rivojlangan davlatlarda, jumladan Ukrainaning Odessa avtoyig‘ish zavodida avtorefrijeratorlar ishlab chiqariladi. O`zbekistonda ZIL-MMZ-164N rusumli sudrovchi va bir o`qli OAZ-826 rusumli yarim pritseplar keng tarqalgan. Pritsepning yuk ko`tarish qobiliyati 5 t. Kuzovi yaxlit metalli yopishtirilgan furgon bo`lib, ikki karkasdan iborat. Tashqi tomondan dyuraldan tayyorlangan listlar bilan qoplangan, mipor yoki penoplast bilan izolyatsiyalangan. Ichki tomoni yog‘och taxta bilan qoplangan.Furgon sig‘imi AR-3 rusumli freon sovutish agenti bilan ishlovchi sovutish qurilmasi yordamida sovutiladi. Agregatning sovuq ishlab chiqish quvvati 2400 kkal/soatni tashkil etadi. Kuzov ichida 4–(-15)0C harorat ushlab turiladi. Sovutish qurilmasi kuzovning old qismida joylashtiriladi5.
2-rasmda MAZ-500G rusumli Cherkassk shahri sovutish uskunalari mashinasozlik zavodida ishlab chiqarilgan avtorefrijerator aks ettirilgan. Uning yuk tashish quvvati ilgakda osilgan holatda go`shtni tashish bo`yicha 3 t, muzlatilgan go`shtni shtabelda tashish bo`yicha 5,5 t ni tashkil etadi. Avtorefrijetatorda o`rnatilgan freonli sovutish qurilmasining quvvati 3000 kkal/soatni tashkil etadi. Kuzov ichida harorat -15%C gacha tushiriladi.
Yuk tashishning ko`rinishi va usuliga qarab transport vositalari ikki xil bo`ladi:
1 - qo`l kuchi yoki mexanik tortuvchi yordamida harakatga keltiriluvchi pol usti g‘iddirakli aravacha;
2 - osma yo`lda qo`l kuchi yoki lebyodka yordamida harakatga keltiriluvchi osma transport.


Yüklə 6,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə