Guliston davlat universiteti oziq-ovqat texnologiyalari kafedrasi


«OZIQ-OVQAT SANOATIDA TARA, REKLAMA VA DIZAYN» FANINING



Yüklə 6,49 Mb.
səhifə3/44
tarix27.09.2023
ölçüsü6,49 Mb.
#123920
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
konserva ishlab chiqarishda tara reklama

«OZIQ-OVQAT SANOATIDA TARA, REKLAMA VA DIZAYN» FANINING
2022-2023 o`quv yili uchun
SILLABUSI

Fanning qisqacha tavsifi

OTMning nomi va joylashgan manzili:

Guliston Davlat Universiteti



Guliston sh., 4-mavze



Kafedra:

Oziq-ovqat texnologiyalari



“Ishlab chiqarish texnologiyalari” fakulteti tarkibida

Ta`lim sohasi va yo`nalishi:

5320500 – Biotexnologiya

Ishlab chiqarish texnologiyalari

Fanni (kursni) olib boradigan o`qituvchi to`g‘risida ma`lumot:

Xamdamov Muzaffar



e-mail:

xamdamov1605@gmail.com

Dars vaqti va joyi:

102-auditoriya

Kursning davomiyligi:

10.02.2023-01.06.2023



Individual grafik asosida ishlash vaqti:

Dushanba, chorshanba va juma kunlari 10.00 dan 12.00 gacha

Fanga ajratilgan
soatlar

Auditoriya soatlari

Jami

90


Mustaqil ta`lim:
90

Ma`ruza:

30

Amaliy

60

Fanning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi (prerekvizitlari):

Amaliy mexanika; metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash, Oziq-ovqat texnologiyasi asoslari; umumiy oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi, konserva ishlab chiqarishda retseptura va hisob, meva va sabzavotlar mikrobiologiyasi.

Fanning mazmuni






Fanning dolzarbligi
va qisqacha mazmuni:

Fanning o`qitilishidan maqsad – asosiy maqsadi, talabalarni oziq-ovqat mahsulotlarini jumladan, yog‘-moy, don, go`sht-sut va konserva mahsulotlarini taralarga qadoqlash, taralarning turlari, ular qanday sanitar-gigienik talablarga javob berishi lozimligi, oziq-ovqat mahsulotlarini taralarga joylash uchun o`tkaziladigan hisobot, idishlar etiketkalarining rangi, assortimentlarining nomeri va belgisi, shtrix kodlanishi, ularni tamg‘alash kabi tushunchalarga ega bo`lishdan iborat.
Fanning vazifasi - oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda taralarning turlari, ularning materiali, tayyorlash texnologiyasi, dizayni va reklama qilish haqida tushuncha beradi. Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarida qo`llaniladigan taralar, tayyor mahsulotlar joylanadigan metall, shisha polimer idishlar, metall qopqoq va rezinali halqalarning sifatini aniqlash, mahsulotni taralarga qadoqlash uchun o`tkaziladigan hisobot, mahsulotlarni yorliqlash, shtrix kodlar haqida to`liq ma`lumot berish bilin birga real sharoitga qo`llash bo`yicha ko`nikmalar hosil qilishdir.




Talabalar uchun talablar



- o`qituvchiga va guruhdoshlariga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo`lish;
- universitet ichki tartib - intizom qoidalariga rioya qilish;
- uyali telefonni dars davomida o`chirish;
- berilgan uy vazifasi va mustaqil ish topshiriqlarini o`z vaqtida va sifatli bajarish;
- ko`chirmachilik (plagiat) qat`iyan ma`n etiladi;
- darslarga qatnashish majburiy hisoblanadi, dars qoldirilgan holatda qoldirilgan darslar qayta o`zlashtirilishi shart;
- darslarga oldindan tayyorlanib kelish va faol ishtirok etish;
- talaba o`qituvchidan so`ng, dars xonasiga - mashg‘ulotga kiritilmaydi;
- talaba reyting balidan norozi bo`lsa, e`lon qilingan vaqtdan boshlab 1 kun mobaynida apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilishi mumkin .





Yüklə 6,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə