Guliston davlat universiteti oziq-ovqat texnologiyalari kafedrasi



Yüklə 6,49 Mb.
səhifə9/44
tarix27.09.2023
ölçüsü6,49 Mb.
#123920
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   44
konserva ishlab chiqarishda tara reklama

Funksional talablarning asosiy funksiyasi tovarni tashqi ta`sirdan himoyalash bilan uzviy bog‘langan bo`lib, u namlik, havodagi kislorod, issiqlik, yorug‘lik, mexanik harakatlar va h.k., tovarni sifat va miqdor jihatdan transportlash, saqlash va tadbiqlashda to`liq kafolatlaydi.
Qadoqlash kimyoviy inertli va qadoqlangan tovar harakatiga barqaror bo`lishi kerak.
Ishonchlilik talablari ma`lum vaqt ichida o`z funksiyasi va xossalarini saqlab qolish qobiliyatida aks etadi. Bu vaqt ichida qadoq tovar mustahkamliligini ta`minlashi shart. Qolaversa, ko`p marta qo`llaniladigan qadoq ham mustahkamlilikka ega bo`lishi shart.
Tovar o`zining asosiy funksiyasini noqulay qadoqlash vaqtida, saqlashda, transportirlashda, mahsulotni ayirboshlashda va yaroqlilik muddatiga qadar ishlatishda tovar sifatining fizik-mexanik va fizik-kimyoviy ko`rsatkichlari uning uzoq saqlash imkoniyatini o`ylashga majbur qiladi. Uzoq saqlash imkoniyati taralarni oldi-berdi qilib yuklashda (urilishlar), shtabelirlash (old qatordagilar uchun bosim, egiluvchanlikka bardoshlilik, siqilish), transportirlash (vibratsiya, urilishlar) va tovarni iste`molida (qayta ishlatish va h.k.) o`zgaradi.
Estetik talablar qadoqlashni ifodali va ratsional forma, tashqi dizayn, aniqlik va hozirgi ijrosi hamda barcha elementlari bilan qadoqlashdir. Qadoqlash dizayni sifatida grafik va tuzilish asosiy rol o`ynaydi. Yangi bezakda taraning ustki qismida (ranglar uyg‘unligi, shrifti, emblema va bezatishning yo`llari) asosan grafikani qo`llashadi, Struktura ya`ni tuzilish bu taraning fizik formasi bo`lib, uning mustahkamligi, konturlari, diqqatni o`ziga jalb etishi, qo`lda ushlaganda his tug‘dirishi, osish va ayirboshlash kabilarni o`z ichiga oladi.
Ergonomik talablar - bu tarani ishlatishning qulayligi, inson organizmi bilan bog‘liqligi, tovarni qadoqlash va iste`moli uchun optimal sharoitlar bilan ta`minlash nuqtai nazari bilan qaraladi. Qadoqlash ma`lum dozaga qulaylik tug‘dirishi va uni amalda ishlatishga noqulaylik tug‘dirmasligi kerak.Keltirilgan funksiya asosan iste`mol mahsulotlarining turli xilda o`lchov qopqoqlar, sathini va dozasini belgilovchi jihozlari bilan pulverizatorlar va boshqa xususiyatlari bilan alohida xarakterlanadi.

Yüklə 6,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə