Guliston davlat universiteti oziq-ovqat texnologiyalari kafedrasi



Yüklə 6,49 Mb.
səhifə10/44
tarix27.09.2023
ölçüsü6,49 Mb.
#123920
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   44
konserva ishlab chiqarishda tara reklama

Ergonomik talablar ham o`z navbatida inson xarakteridan kelib chiqqan holda quyidagi talablarga bo`linadi: gigienik, antropometrik, fizilogik va psixofizilogik.
Gigienik talablar inson hayotiy faoliyati uchun qadoqlash va tovar qadoqlanganda birgalikdagi xavfsizlikni ta`minlaydi.
Antropometrik talablar qadoqlash o`lchamlari va formasini inson qo`li bilan bog‘liqligi sifatida qaraladi. Qadoqlash jarayonida faqat qulaylik va ixchamlik emas, balki, yoshi kattalar guruhining iste`mol yo`nalishlarini (kattalar va yosh bolalarning antropometrik xarakteristikasi farqlanadi, unga bog‘liq holda yosh xususiyatidan kelib chiqib, turli talablar joriy etiladi) aniqlash ham joizdir. O`zbekistonda GOST ISO 8317–93 yosh bolalarga tavsiya etilmasligi uchun amal qilinadi. Barcha taralar ham qayta ishlatishga yaroqli bo`lmasligini, ayniqsa, kuchli dorivor preparatlar va h.k. insonlar uchun ularning idishlari xavfli.
Psixologik talablarga inson psixikasini anglash orqali, ranglarning ta`siri, qadoqlash formasidan kelib chivvan holda xarakterlashdir.
Ekologik talablar nomidan kelib chiqqan holda tabiat uchun xavfsiz bo`lishi talab etiladi. Absolyut jihatdan olganda atrof-muhit uchun qadoqlash orqali zarasiz narsaning o`zi yo`q, chunki, uni ishlab chiqarish va utilizatsiya qilish(yo`qotish) baribir muhitni hararlaydi. Eng past ekologik xossalari bilan polimer taralar ajralib turadi, ularni yoqish va yo`qotish davrida atmosferaga zaharli birikmalar ajraladi. Taraning ekologik xossalari oshadi, agar u ko`p martali (qayta ishlatiladigan tara) yoki ikkinchi qayta ishlash (masalan, qog‘oz va yog‘ochdan karton olish)ga tavsiya etilsa.
Xavfsizlik talablariga tarani ishlatganda insonlar va ularning sog‘liqlari uchun ta`siri kiradi(O`zbekistonda «Iste`molchilarning haq-huquqlari to`g‘risida»gi qonuniga muvofiq). Tara iqtisodiy jihatdan samarador bo`lishi ham bu talabga kiradi.
Qadoqlash materialiga qarab taraning narxi chiqariladi, u korxona iqtisodiyotiga yuqori samara berishi kerak.
O`zbekiston Respublikasi hududida mahsulotlarga qo`yiladigan talablarni belgilovchi me`yoriy hujjatlarning quyidagi toifalari amal qiladi:
- Xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar;

  • O`zbekiston Respublikasining standartlari;

  • Tarmoq standartlari;

  • Texnikaviy shartlari;

  • Korxona standartlari;

  • Xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari.


Yüklə 6,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə