Guliston davlat universiteti oziq-ovqat texnologiyalari kafedrasi



Yüklə 6,49 Mb.
səhifə12/44
tarix27.09.2023
ölçüsü6,49 Mb.
#123920
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   44
konserva ishlab chiqarishda tara reklama

Korxona standarti - bu mahsulotga, xizmatga yoki jarayonga korxonaning tashabbusi bilan ishlab chiqiladigan va uning tomonidan tasdiqlangan hujjatdir. Korxonalar yoki birlashmalar texnologiya va ishlab chiqarishning tashkil etilishini takomillashtirish, iqtisodiy ko`rsatkichlarni yaxshilash maqsadida korxonalar standartlarini (KST) ishlab chiqish va tasdiqlash huquqiga ega. Birok bu korxonalar yetkazib beradigan mahsulotlarga korxonalar standartlari belgilanmaydi.

2.2. Idishlarning sinflanishi


Oziq-ovqat sanoatida mahsulotlarni joylash uchun asosan quyidagi taralar ishlatiladi7:

  1. Shisha idishlar.

  2. Tunuka idishlar.

  3. Polimer idishlar.

  4. Qog‘oz paketlar.

  5. Kartonlar.

  6. Yog‘och idishlar.

  7. Tekstil (to`qima)idishlar.

  8. Kombinirlashgan idishlar.

Oziq-ovqat sanoatida tayyor mahsulot meva va sabzavotlarni joylashda turli joylash materiallaridan foydalaniladi. Yog‘och idishlarni(yashik, quti, bochka) bargli va tilyog‘och daraxtlari yog‘ochidan yasaydilar. Yog‘ochdan yasaladigan idishdagi namlik 16-18 % dan oshmasligi kerak.
Karton idishlarga - kartonlardan yasalgan yashik, quti, stakanlar kiradi. Qog‘oz idish-pishiq qog‘oz qop, paket, o`rov qog‘ozi, yog‘ shimmaydigan qog‘ozlardir.
Matodan tikilgan idishlarga - kanop, yarim kanop, ip-gazlama kabilardan tikilgan idishlar kiradi. Matodan tikilgan qoplar mahsulotni ifloslanishidan tejamli foydalanishga imkon beradi.
Shisha idishlarga - turli sig‘imdagi butilka, banka, balonlar kiradi. Bunday idishlarda mahsulotlar yaxshi saqlanadi.
Metall idishlarga - tunukadan tayyorlangan bochka, flyagalar, banka, tunuka yashiklar va alyumin folgalar kiradi.
Polimer materiallaridan tayyorlangan idishlarga - butilka, banka, stakan, flyaga, plyonka kiradi. Bunday idishlarning barcha turi muayyan talablarga javob berishi lozim: mahsulot bilan idish o`zaro ta`sir qilmasligi, mahsulotning rangi, hidi, ta`mini buzmasligi, tarkibida kishi organizmi uchun zararli moddalar bo`lmasligi shart.

Yüklə 6,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə