Guliston davlat universiteti oziq-ovqat texnologiyalari kafedrasi



Yüklə 6,49 Mb.
səhifə11/44
tarix27.09.2023
ölçüsü6,49 Mb.
#123920
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   44
konserva ishlab chiqarishda tara reklama

Xalqaro standart - bu standartlashtirish bilan (standartlashtirish bo`yicha) shug‘ullanadigan xalqaro tashkilot tomonidan qabul qilingan va iste`molchilarning keng doirasiga yaroqli bo`lgan standartdir. Standartlash bo`yicha Xalqaro tashkilot (ISO), mintaqaviylari - iqtisodiy va siyosiy manfaatlar asosida o`z faoliyatini birlashtirgan ayrim mamlakatlarni o`z tarkibiga oladigan tashkilotlar tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Milliy standartlar u yoki boshqa mamlakat doirasida ishlab chiqiladi va amal qiladi hamda tegishli darajada tasdiqlanadi.
Xalqaro standartlar Mamlakatimizda milliy standartlarning oliy toifasi davlat standartlari (GOST) dir.
Mintaqaviy standart esa, standartlashtirish bilan shug‘ullanadigan mintaqaviy tashkilot tomonidan qabul qilingan va iste`molchilarning keng doirasiga yaroqli bo`lgan hujjatdir.
Davlatlararo standart "GOST" - bu standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo`yicha davlatlararo kengash tomonidan qabul qilingan, bajarilishi shart bo`lgan hujjatdir.
Milliy standart - bu standartlashtirish bilan shug‘ullanadigan milliy idora tomonidan qabul qilingan va iste`molchilarning keng doirasiga yaroqli bo`lgan standartdir.
Standartlarni qo`llashda turli usullar mavjud. Bir mamlakat doirasida standartlar yangidan yaratilishi mumkin hamda xalqaro, mintaqaviy va davlatlararo standartlarni to`g‘ridan-to`g‘ri qo`llanishi ham mumkin.
Tarmoq standartlari (OST) eng cheklangan doirada amal qiladigan standartlarga kiradi. Ular ana shu tarmoqdagi barcha korxona va tashkilotlar, shuningdek, uning mahsulotini ishlatadigan (iste`mol qiladigan) boshqa tarmoqlar korxona va tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi. Bunday standartlarni ana shu mahsulot turini ishlab chikarishda etakchi bo`lgan vazirlik (idora) tasdiqlaydi. Tarmoq standartlari davlat standartlari ob`ekti bo`lmagan mahsulotlarga belgilanadi.
Respublika standartlari (RST) Respublika va mahalliy qaramoqdagi barcha tashkilot va korxonalar uchun majburiydir. RST Respublika va mahalliy bo`ysunihdagi korxonalar ishlab chiqaradigan mahsulotlarga belgilanadi, davlat va tarmoq standartlariga kiradigan mahsulotlar bundan mustasnodir. Milliy madaniyat standartlari va atributlari Respublika standartlariga misol bo`lishi mumkin.

Yüklə 6,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə