Guliston davlat universiteti oziq-ovqat texnologiyalari kafedrasi


-rasm. Sovutilgan va muzlatilgan go`sht tashuvchi MAZ-500-G



Yüklə 6,49 Mb.
səhifə8/44
tarix27.09.2023
ölçüsü6,49 Mb.
#123920
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44
konserva ishlab chiqarishda tara reklama

2-rasm. Sovutilgan va muzlatilgan go`sht tashuvchi MAZ-500-G
rusumli 5,5 t yuk ko`tarish quvvatli avtorefrijerator
Birinchi guruhga ikki g‘ildirakli cho`michli aravacha, yukxonasi vanna shaklidagi aravalar, tagi (platformasi) ko`tariladigan aravachalar, yashik va bochka tashish uchun moslangan aravachalar, butun tanali go`sht tashuvchi aravacha, avtokara va avtoyuklovchilar, vagonetkalar kiradi.
Ikkinchi guruhga osma yo`lda harakatlantiriluvchi osma cho`michlar, rolik yoki rolikli telejkalarga osiladigan rama va lyustralar kiradi.
Transport vositalarining konstruksiyasi tashiladigan yuk turi (qattiq, suyuq, pasta shaklidagi, sochiluvchan) ga bog‘liq.


Nazorat savollari
1.Fanning maqsad va vazifalari nimalardan iborat?
2.Mahsulotni taralarga joylash uchun qanday texnologik uskuna va jihozlardan foydalaniladi?
3.Texnik qurilmalar nechta guruhga bo`linadi?
4.Qanday transport turlari mahsulotlarni tashish uchun ishlatiladi?


Reja:
2.1.Tara va unga qo`yiladigan talablar.
2.2.Idishlarning sinflanishi.
2.3.Shisha idishlar.
2.4.Tunuka idishlar.
2.5.Polimer idishlar. Ularning assortimentlarni qadoqlashdagi ahamiyati.
Tayanch so`z va iboralar: taralar, taraga talablar, shisha taralar, metall idishlar, polimer idishlar, yog‘och bochkalar, karton, paketlar, flyaga, folga, bidon, taralarning fizik-mexanik xususiyatlari.


2.1. Tara va unga qo`yiladigan talablar
Tara –bu mahsulot (tovar) qadoqlanadigan, joylanadigan va trnsportirovka qilinadigan yuk yoki idish. Boshqa lug‘atlarda keltirilishicha, tara- bu qadoqlangan tovarlarning og‘irligi hamda yuk tashish manbasi(mashina, vagon va h.k.). Yana bir ma`nosi bo`yicha tara – bu qadoqlanadigan(bochka, yashik, paket va h.k.) va qadoqlanmaydigan (konteyner)predmet yoki idishdir.
Taralar fizik-mexanik xususiyatlariga ko`ra quyidagi turlarga bo`linadi.

  1. Qattiq ( yog‘och va polimer bochkalar, yashiklar);

  2. Yarim qattiq (karton qutilar, polimer idishlar);

  3. Yumshoq (paket va qoplar);

  4. Sinuvchan (shisha va kulolchilik idishlari).

Mahsulotni qadoqlashning tovar aylanishdagi o`rni u bajaradigan quyidagi funksiyalar bilan aniqlanadi6:
1) mahsulotlarni tashqi muhit ta`siridan, atrof-muhitni esa mahsulotning zararli ta`siridan asrash;
2) tovarni boshqa tovarlarning ta`siridan asrash ;
3) mahsulotlarning ishlab chiqarish sohasidan muomala sohasiga harakatlanish yo`lidagi miqdor va sifatini saqlash maqsadida sharoitni ta`minlash;
4) tovar va boshqa turdagi yuklarga zarur mobillikni berish va mexanizatsiyalashgan va mehnattalab jarayonlar uchun sharoitlarni yaratish;
5) tovarlarni miqdor va sifatiga ko`ra qabul qilish hamda miqdoriy hisobni soddalashtirish uchun yanada maqbul sharoitlarni yaratish;
6) tijoriy axborot va savdo reklamasi tashuvchisi rolining bajarilishi.
Yuqoridagi funksiyalarni bajarishi uchun tara quyidagi talablarga javob berishi kerak: funksional, ergonomik, estetik, ekologik( inson va tabiat xavfsizligi), undan tashqari ishochlilik va ijtimoiy belgisi.
Taralarga quyidagi talablar qo`yiladi:
1. Ijtimoiy belgi
2. Funksional
3. Ishonchlilik
4. Estetik
5. Ergonomik
6. Ekologik
7. Xavfsizlik
Bularning har biriga to`xtaladigan bo`lsak, ijtimoiy belgi talablari turli xildagi qadoqlash va qadoqlangan materiallarni ishlab chiqarishni jamiyat yoki aholining alohida guruhlari talablaridan kelib chiqqan holda mos kelishi hamda qadoqlanayotgan tovarning optimal assortimenti va ishlab chiqarish hajmi bilan mos ravishda xarakterlanadi.

Yüklə 6,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə