Guliston davlat universiteti



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə11/12
tarix28.01.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#99589
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
12oydin kurs ishi

3.3 Ruhiy tayyorgarlik

Gandbolchilarning ruhiy tayyorgarligi umumiy ruhiy tayyorgarlikni va oldinda turgan musobaqaga tayyorgarlikni o„z ichiga oladi. Aqliy-irodaviy xislatni tarbiyalash umumiy ruhiy tayyorgarlikning asosiy vazifasidir.


G„alaba qilishga intilishni tarbiyalash lozim.

25
Bunday intilishning eng ta‟sirchan usuli ijtimoiy burch va jamoa oldida javobgarlikni anglash hisoblanadi. Ayrim gandbolchilarga, guruhlarga va butun jamoaga maxsus topshiriqlar berish katta ahamiyatga ega bo„lishi mumkin. O„yin natijasining ahamiyatini, albatta g„alaba qilish zarurligini xadeb eslatish ham kerak emas.


Bo’lajak o„yin va uning natijasini xaddan tashqari ko„p o„ylayverishdan o„yinchilar e‟tiborini chalg„itish ma‟qul.


Har bir sportchida irodaviy sifatlar yuqori darajada rivojlangan bo„lishi lozim. Dadillik, qat‟iyatlilik, bosiqlik va esankiramaslik, tashabbuskorlik, intizomlilik asosiy irodaviy xislatlardir. Bu xislatlar o„quv-mashg„ulot jarayonida tarbiyalanadi. Maxsus ruhiy tayyorgarlik sportchidan aqliy qobiliyatning rivojlanishini, qiziquvchanlikni, sharoitni tanqidiy baxolay olishni, o„z xatti-harakatini to„g„ri tahlil qila bilishni talab qiladi. Bu sifatlar tegishli maxsus bilim va malaka egallash uchun zarurdir.
Murabbiy, ayniqsa, sportchiga musobaqaga tayyorlanish jarayonida ijobiy yoki salbiy ta‟sir etishi mumkin bo„lgan emotsional ruhiy xususiyatlarni tarbiyalashga alohida e‟tibor berishi kerak.


3.4 Funksional tayyorgarlik

Gandbolchi organizmining funksional imkoniyatlari undagi jismoniy tayyorgarlikning asosini tashkil etadi. Funksional imkoniyatlarning darajasi aniq sport ishchanligida namoyon bo„ladi. Mashg„ulotlar ta‟sirida bo„ladigan o„zgarishlar mustahkam bo„lishi uchun o„yinchi uzoq vaqt davomida o„ziga xos maxsus ishni bajarish 201 qobiliyatiga ega bo„lishi lozim. Mashg„ulotlar jarayonida gandbolchiga hajm va shiddatliligi jihatidan anchagina katta


yuklamani bajarishga to„g„ri keladi. Ko„pincha bu yuklamalar musobaqadagi yuklamalardan ham ortiqroq bo„ladi.
Ma‟lumki, o„yinda faol ishtirok etgan o„yinchi 60 daqiqa ichida hamisha qarshilikka uchraydigan sharoitda har xil tezlikda 5-6 km masofani yugurib o„tadi. Bunday sharoitda bajarilayotgan ishning darajasi organizmning faqat energetik imkoniyatiga bog„liq bo„lmay, balki ma‟lum darajada jismoniy tayyorgarlikka, asab-mushak muvozanatiga, texnik kamolotga va harakat faoliyatining mustahkamligini hamda tejamkorligini ta‟minlab beruvchi boshqa omillarga ham bog„liq bo„ladi.
Shug„ullanuvchilarning funksional imkoniyatlari mushaklardagi energetik moddalarning umumiy zaxirasidan tashqari “gipoksiya” (havo etishmaslik) holatiga – ruhiy tayyorgarlik bilan qarshilik ko„rsata bilish, ya‟ni toliqishni keltirib chiqaradigan kislorod etishmasligiga bardosh bera olishga ham bog„liq.

26
Organizmni haddan tashqari katta ish tasiridagi toliqishdan saqlab qolishga subektiv toliqish sezgisi yordam beradi. Toliqish sportchi bajargan ishga doimo o„xshash bo„lavermaydi.


Murabbiy sportchini toliqish alomatlariga to„g„ri baxo berishga, o„z organizmining haqiqiy ishchanligi chegarasini bilishga o„rgatishi kerak. SHu bilan bir qatorda, shikastlanishlar dastavval qattiq toliqishdan, yuklamaning hajmi va shiddatliligi juda katta bo„lishidan, mashg„ulot va o„yinga etarli darajada tayyor bo„lmaganligidan kelib chiqishini eslatib o„tish lozim.
Gandbolda harakat faoliyati o„ziga xos bo„lgani uchun mashg„ulotning turli shiddatda bajariladigan mashqlari qisqa va ancha uzoq vaqt sust va faol dam olishni almashlab olib borish lozim.
O„yin harakatlarining tavsifi to„xtab-to„xtab o„tadigan bo„lgani uchun, u nafas olish jarayonining maksimal miqdorda kuchaytirilishini talab qiladi. Gandbolchilarning funksional tayyorgarligini oshirish uchun maxsus vositalardan foydalaniladi. 2 O„yinchilarning funksional qobiliyatlarini hisobga olib, ularning funksional tayyorgarligini oldindan rejalashtirish maqsadga muvofiq bo„ladi.


Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə