H. T. Avezov, sh sh. Xudoyberdiyev



Yüklə 246,83 Kb.
səhifə24/48
tarix11.12.2023
ölçüsü246,83 Kb.
#146220
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   48
H. T. Avezov, sh sh. Xudoyberdiyev-hozir.org (1)

disperslik darajasi bo’lib, uning sifat belgisi – geterogenlikdir. Bu ikkala belgi
sirt hodisalar bilan chambarchas bog’liq. Geterogenlikning, binobarin, fazalararo 
sirtlning mavjudligi sirt taranglik borligidan xabar beradi. Sirt taranglik ayni
sistemaning geterogenlik jihatidan o’zaro qancha ko’p farq qilsa, fazalararo sirt 
taranglik shuncha katta qiymatga ega bo’ladi. Fazalararo sirt kattaligining sirt
taranglik koeffitsiyentiga ko’paytmasi ayni sirtning erkin energiyasi qiymatini 
ko’rsatadi,
A=

∙s
bu yerda 



-sirtning 1sm

2
kattalashtirish uchun sarflanadigan ish bo’lib, u 




sirt tarangligi koeffisiyenti deb ataladi.

Sirt hodisalarning sinflarga bo’linishi. Sirt hodisalarni o’rganish sirt
qavat tarkibi, uning xossalari, tuzilishi, sirtda ta’sir etuvchi kuchlar, sirt energiyasi, 
sirtda moddaning yig’ilishi (adsorbsiya, ho’llanish, flotatsiya, kapilyar bosim,
sirtlarda kimyoviy potensial va bug’ bosimining o’zgarishi, fazalar qoidasining 
dispers sistemalar uchun qo’llanilishi kabi mavzularni o’z ichiga oladi.
Sirt hodisalarni sinflarga bo’lishda sirt qavat qanday ekanligiga e’tibor 
beriladi. O’zaro bir-biriga tegib turgan fazalar orasidagi chegara sirt qavatlar
moddalarning agregat holatiga qarab, quyidagi sinflarga bo’linadi: 
1. Gaz-suyuqlik; 2. Gaz-qattiq jism; 3. Suyuqlik-suyuqlik; 4. Suyuqlik-qattiq
jism; 5. Qattiq jism-qattiq jism. 



48


Sirt hodisalarni sinflarga ajratishda termodinamikaning birinchi va ikkinchi
qonunlarining birlashgan tenglamasidan foydalanish ancha qulaylik tug’diradi. Bu 
tenglamani sirt qavat uchun quyidagi ko’rinishda ifodalash mumkin:
∆G=-SdT+VdP+

ds+Σmdn

i
+φdq (3) 


bu yerda ∆G-izobar potensial (Gibbs energiyasining o’zgarishi), S-
entropiya, V-hajm, 

-sirt taranglik, s-sirt yuzasi, n

i
-komponent, i-ning mol sonlari, 


φ-elektr potensial, q-zaryad miqdori.
Bu tenglamadan shuni ko’rish mumkinki, 1) sirt energiyasi Gibbs 
energiyasiga, 2) issiqlikka, 3) mexanik energiyasiga, 4) kimyoviy energiya va 5)
elektr energiyaga aylana oladi. Demak, sirtda besh tur hodisa sodir bo’lish 
imkoniyati mavjud. Bularning hammasida sirt energiya boshqa tur energiyaga
aylanishi mumkin. Energiyaning bu aylanishi – disperslik darajasi o’zgargan sari 
moddaning kimyoviy reaksiyalarga kirishish qobiliyatining adgeziya (ya’ni, turli
xil shakllarga oid moddalarning molekulalari orasidagi o’zaro tortishish 
kuchlarining namoyon bo’lishi) va kogeziyaning (ya’ni bir tur fazaga oid modda
molekulalari orasida o’zaro tortishish kuchlari o’zgarishi) bilan, kapilyar hodisalar 
bilan, adsorbsiya (moddalarning sirtda yig’ilishi) va elektr potensiallarning
o’zgarishi bilan birgalikda sodir bo’ladi. 
Ikki faza orasida barqaror chegara sirt mavjudligining asosiy sharti – erkin
sirt energiyasining musbat ishorali bo’lishidir. Agar bu energiyaning qiymati 
manfiy ishorali (yoki nol) bo’lsa, chegara sirt mavjud bo’lmaydi; bunda tasodifiy
fluktuatsiyalar tufayli bir faza ikkinchi fazaga tarqalib ketadi. 



Yüklə 246,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə