62
tortishish kuchlari mavjud bo’lsa, molekulani sirtda tutib turgan kuchi yengish
uchun zaruriy energiya olgandagina molekula sirtdan ajralib ketadi.
Adsorbsion muvozanat. Adsorbilanish hodisasi
ham xuddi suyuqlikning
bug’lanishi, moddaning suvda erishi kabi qaytar jarayondir. Bu yerda bir-biriga
qarama-qarshi ikki jarayon bo’ladi. Biri-moddaning yutilishi bo’lsa, ikkinchisi-
yutilgan moddaning adsorbent sirtidan chiqib ketishi, ya’ni
desorbsiyadir.
Har
qanday qaytar jarayondagi kabi, bu yerda ham yutilish jarayoni avval tez
boradi, so’ngra yutilish va ajralib chiqish jarayonlarning tezliklari baravarlashib,
sistema
adsorbsion muvozanat holatiga keladi. Agar adsorbsion muvozanat uzoq
vaqt davomida qaror topmasa, adsorbilanish
boshqa xil jarayonlarbilan
murakkablashgan deyish mumkin. Adsorbsion muvozanat ham dinamik
muvozanatdir va temperatura o’zgarganda o’zgaradi.
Adsorbsion
muvozanatning
siljishi
ham
Le-Shatel’ye
prinsipiga
bo’ysunganligi uchun temperatura ko’tarilganda muvozanat modda kam yutilgan
tomonga qarab siljiydi.
Desorbsiya jarayoni, aksincha, issiqlik yutilishi bilan
boradi.
Shu sababli, temperaturani oshirish orqali adsorbentga yutilgan moddani
ko’proq qaytadan chiqarish mumkin. Agar adsorbent bilan adsorbtiv o’rtasida
kimyoviy reaksiya sodir bo’lsa, adsorbsion muvozanat qaror topmaydi. Bu holda
adsorbilanish qaytmas jarayon xarakteriga ega bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: