H. T. Avezov, sh sh. Xudoyberdiyev


Qo’sh elektron qavat va uning tuzilishi



Yüklə 246,83 Kb.
səhifə41/48
tarix11.12.2023
ölçüsü246,83 Kb.
#146220
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   48
H. T. Avezov, sh sh. Xudoyberdiyev-hozir.org (1)

Qo’sh elektron qavat va uning tuzilishi. Kolloid sistemalarning elektro-
kinetik hodisalarni o’rganish shuni ko’rsatdiki, shu sistema zarrachalari sirtida 
qo’sh elektron qavat hosil bo’ladi. Bu qavat fazalar chegarasida hosil bo’ladi,
chunki

bunda
elektr

zaryadning
qayta

taqsimlanishi


kuzatiladi 
va
zaryadlanganzarrachalar bir fazadan ikkinchi fazaga o’tadi. Shu sababli bitta 

fazaning sirtida zaryad paydo bo’ladi, ikkinchi fazada ham zaryad paydo bo’ladi,


faqat uning ishorasi birinchi fazaning zaryadiga nisbatan qarama-qarshi bo’ladi. 
Demak, sistemaning fazalararo chegarasida qo’sh elektron qavat hosil bo’ladi.
Qo’sh elektron qavatning tuzilishi haqida birinchi marta Gelmgols va Perren 

tushuntirib berdilar. Ularning fikricha qo’sh elektr qavat yassi kondensator kabi


tuzilgan bo’lib, zaryadlar fazalar chegarasida ikkita qarama-qarshi ionlar qatori 
shaklida joylashadi. Qavatlar orasidagi masofa juda kichik bo’lib, uning qalinligi
molekulalarning radiuslari kattaligiga yaqin bo’ladi. Natijada qarama-qarshi 
zaryadli ionlardan iborat qo’sh elektr qavat paydo bo’ladi. Bularning biri qattiq
faza sirtidan, ikkinchisi-eritma muhitidan joy oladi. Bunday qo’sh elektr qavat 
ichida potensialning qiymati keskin o’zgarishi lozim. 1-rasmda Gelmgols va
Perren qo’sh elektr qavatning tuzilish sxemasi keltirilgan (A).



76

1910 yilda Gui va 1913 yilda Chempen qo’sh elektr qavat tuzilishi haqida 
o’zlarining nazariyalarini taklif qildilar. Bu nazariyaga ko’ra, qo’sh elektr qavat
hosil bo’lishda bir tomondan qarama-qarshi zaryadlarni ikki qavat shaklida 
yig’ishga intilgan elektrostatiktortishuv kuchi va ikkinchi tomondan, ionlarni
suyuqlik ichida tarqatuvchi issiqlik harakat kuchi borligi katta ahamiyatga ega. 
Qo’sh elektr qavat tarkibidagi qarshi ionlar diffuz qavati tuzilishga ega deb faraz
qildilar.
Qattiq fazaga bevosita yaqin joyda qarama-qarshi ionlar konsentratsiyasi eng 

yuqori qiymatga ega, qattiq fazadan uzoqlashgan sari qarshi ionlar konsentratsiyasi


kamaya boradi. Qattiq faza bilan bog’langan qarshi ionlarning muvozanat holatda 
turuvchi dinamik diffuz qavati vujudga keladi. (-rasm, B). Rasmdan ko’rinadiki,
potensial tik chiziq bo’ylab emas, balki egri chiziq bo’ylab pasayadi. 

-rasm. A-Gelmgolsning qo’sh elektr qavati.


B-Gui va Chempenning qo’sh elektr qavati. 
1924 yilda Shtern qo’sh elektr qavatning tuzilishi haqida o’zining 

nazariyasini taklif etdi. Bu nazariyada Gelmgols-Perren va Gui-Chempen


nazariyalari birlashtirildi. Shtern fikriga muvofiq, qarshi ionlarning faqat bir qismi 
qattiq faza yaqinida Gelmgols qavatni hosil qiladi. Ionlarning qolgan qismi esa
diffuz tartibda joylanadi. Undan tashqari, qo’sh elektr qavatning tuzilishiga qarshi 
ionlar tabiati katta ta’sir ko’rsatadi. Agar eritmaga elektrolit qo’shilsa, diffuz qavat




77


qisqarib, natijada qo’sh elektr qavat Gelmgols-Perren sxemasiga yaqin tuzilishga
ega bo’lib qoladi. 

Yüklə 246,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə