H. T. Avezov, sh sh. Xudoyberdiyev



Yüklə 246,83 Kb.
səhifə43/48
tarix11.12.2023
ölçüsü246,83 Kb.
#146220
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
H. T. Avezov, sh sh. Xudoyberdiyev-hozir.org (1)

Elektr-kinetik potensial. Kolloid zarrachalarning sirti katta bo’lganligi
uchun ionlar ularga oson yopishadi, ya’ni adsorbilanadi. Suyuqlik qattiq
zarrachaga nisbatan (yoki zarracha suyuqlikka nisbatan) harakat qilganida qo’sh 
elektr qavatning adsorbsion va diffuzion qavatlari orasida hosil bo’ladigan
potensial elektro-kinetik potensial deb yuritiladi. U dzeta () harfi bilan 
belgilanadi va dzeta potensial deb yuritiladi.
Eritmadagi barcha ionlar konsentratsiyasi elektro-kinetik potensial

kattaligiga ta’sir etadi. Eritmada ionlar konsentratsiyasi kamaysa, qo’sh elektr






79


qavatning qalinligi ortadi, dzeta-potensial ham ortadi. Agar diffuzion qavatdagi
ionlarning hammasi adsorbsion qavatga o’tsa, u holda dzeta-potensial nolga teng 
bo’lib qoladi. Dzeta-potensial qiymatini hisoblash va kolloid zarracha zaryadining
ishorasini aniqlash uchun elektroforez va elektroosmos hodisalarini tekshirish 
natijasida qo’lga kiritilgan ma’lumotlardan foydalaniladi.
Kolloid eritmalarning elektr o’tkazuvchanligi. Kolloid eritmalarning
elektr o’tkazuvchanligini yuqori chastotali elektr maydonda tekshirish orqali
ularning dielektrik xossalari haqida fikr yuritish mumkin. Ko’pchilik liofob kolloid 
eritmalarda zarrachalarning elektr zaryadlari assimetrik ravishda taqsimlanadi. Shu
sababdan kolloid zarrachalar deyarli katta dipol moment qiymatiga ega bo’ladi va 
elektr maydonida oriyentatsiyalanadi. Ana shunday kolloid eritmalarning dielektrik
konstantasi nihoyatda katta bo’ladi. 
Kolloid eritmalarning elektr o’tkazuvchanligiga kolloid zarrachalarning 

harakatidan kelib chiqadi. Shu sababli kolloid eritmaning elektr o’tkazuvchanligi


kolloid

zarrachalarning


hamda

zoldagi
ionlarning 


zaryadi,
soni

va
harakatchanligiga bog’liq bo’ladi. Kolloid eritmada begona ionlar nihoyatda kam 


bo’lsa, elektr o’tkazuvchanlik natijalaridan foydalanib, zarrachalarning solishtirma
zaryadini aniqlash mumkin. Lekin bu yo’l bilan liofob kolloidlarning elektr 
o’tkazuvchanligini aniqlash qiyin.

Yüklə 246,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə