H. T. Avezov, sh sh. Xudoyberdiyev



Yüklə 246,83 Kb.
səhifə46/48
tarix11.12.2023
ölçüsü246,83 Kb.
#146220
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
H. T. Avezov, sh sh. Xudoyberdiyev-hozir.org (1)

DLFO nazariyasi. Elektrolitlar ta’sirida sodir bo’ladigan koagulyatsiya
statistik fizika, eritmalar nazariyalari va molekulalararo kuchlarga asoslangan fizik
nazariya asosida talqin qilinadi. Bu sohada 1941 yilda Deryagin va Landau, 
Gollandiya olimlari Fervey va Overberk bajardilar. To’rt olim familiyalarning
birinchi harflari koagulyatsiyaning fizik nazariyasi-DLFO-nazariyasi degan nom 
bergan.
Bu nazariyaga muvofiq, koagulyatsiyaning sodir bo’lishi ikki kuchga 

bog’liq: biri-Van-der-Vaal’s kuchlari bo’lsa, ikkinchisi-zarrachalar orasidagi


o’zaro elektrostatik itarilish kuchlaridir. Bu ikki kuch yupqa suyuqlik qavatida 
birgalashib ta’sir etib, “kengaytiruvchini” vujudga keltiradi. Zarrachalar orasidagi
suyuqlik qavati torayib, zarrachalar bir-biriga birlashib ketadi; binobarin 
koagulyatsiya sodir bo’ladi.
Liofil zollarning koagulyatsiyasi. Liofil zollarning barqarorligi ikki omilga
bog’liq: birinchi omil-kolloid zarrachaning sol’vat qavat bilan qoplanganligi.
Demak, bu holda koagulyatsiyani amalga oshirish uchun kolloidni zaryadsizlash va 
sol’vat qobiqni yemirish zarur bo’ladi. Buni amalga oshirish uchun avval kolloidga
elektrolit qo’yib uni neytral holatga keltiriladi; bu holda cho’kma hosil bo’lmaydi. 



84


So’ngra sol’vat qobiqni yemirish uchun spirt, atseton yoki tannin kabi moddalar
qo’shiladi. Shundan keyingina liofil kolloid cho’kmaga tushishi mumkin. 
Umuman olganda, liofil kolloidlarning koagulyatsiyasi o’zining bir necha 

xususiyatlari bilan liofob kolloidlar koagulyatsiyasidan farq qiladi. Liofil kolloid


liofob kolloidga qaraganda elektrolitlar ta’siriga kam beriladi. Bunda elektrolitning 
faqat birgina ioni emas, balki ikkala ioni ham koagulyatsiya uchun xizmat qiladi.
Liofil kolloidlarning koagulyatsiyasi shu tarzda sodir bo’lishi mumkin. 

Cho’kmaga tushgan liofil zol qo’shimcha erituvchi qo’shilganda qaytadan eritma


holatiga aylanadi. Lekin oqsillardan kelib chiqqan ba’zi liofil kolloidlardan 
cho’kmaga tushgan oqsil qayta erimasligi mumkin. Bunday koagulyatsiya qaytmas
koagulyatsiya deb yuritiladi. 
Ma’lumki, kolloid eritmaning loyqalanishi keyinchalik cho’kmaga tushishi 

va zol rangining o’zgarishi koagulyatsiya sodir bo’lganligining belgilari


hisoblanadi. Ayni zolni koagulyatsiyaga uchratish uchun kerak bo’ladigan 
elektrolitning minimal miqdori ayni zolning koagulyatsiya chegarasi deb ataladi.
Uni aniqlash uchun probirkalarga qo’yilgan zolga turli konsentratsiyadagi 
elektrolit eritmalaridan baravar hajmda ketma-ket qo’shib boriladi. Qo’shish tartibi
quyidagi ko’rsatilgandek olib boriladi. 
Probirkalarga suv solib, uning hajmi bir probirkadan ikkinchi probirkaga 

o’tganda oshirib boriladi. So’ngra probirkadagi suyuqliklarning hajmi bir xil


bo’ladigan qilib elektrolit eritmasi qo’shiladi. Shundan keyin birida loyqalanish 
borligi seziladigan, ikkinchisida loyqalanish sezilmaydigan ikki qo’shni probirkani
olib, elektrolitning dastlabki konsentratsiyasi C, uning koagulyatsiyasini paydo 
qilgan hajm V bo’lsin. Unda ayni hajmdagi elektrolitning millimollar soni

v

c

v

c




1000

1000
ga teng bo’ladi. 


Koagulyatsiya chegarasi odatda 1litr zol uchunhisoblanadi. Agar tajriba uchun ω
ml zol olingan bo’lsa, zolning koagullanish chegarasi 

1000






v

c

v
tenglama bilan hisoblab topiladi. 



85

Koagulyatsiya protsessi xuddi kimyoviy reaksiyalar kabi, ma’lum vaqt 
ichida sodir bo’ladi. Bu jarayonning tezligi kolloid sistema zarrachalarining broun
harakatiga, ularning o’zaro ta’siriga va sistemadagi zarrachalarning dastlabki 
konsentratsiyasiga bog’liq. Agar ikkita zarracha bir-biri bilan bir marta to’qnashib,
yirikroq zarracha hosil qilsa, bunday koagulyatsiya tez koagulyatsiya deyiladi. 
Agar koagulyatsiya tezligi koagullovchi elektrolit konsentratsiyasiga bog’liq
bo’lsa, bunday koagulyatsiya sust koagulyatsiya deyiladi. Tez koagulyatsiya 
nazariyasi 1916 yilda M. Smoluxovskiy tomonidan yaratilgan.
Bu nazariyaga muvofiq, kolloid zarrachalar o’rtasida o’zaro itarilish kuchi 

borligidan bu zarrachalar bir-biri bilan birika olmaydi. Elektrolit qo’shilmagan


zolda kolloid zarrachalar bir-biridan uzoq turganligi sababli, kolloid eritma 
barqaror bo’ladi.
Kolloid eritmaga elektrolit qo’shilgandan keyin zarrachalar bir-biriga 

yaqinlashib, o’zaro tortisha boshlaydi. Buning natijasida kolloid sust


koagulyatsiyalanadi. Elektrolitdan yana qo’shilsa, koagulyatsiya tezlashib ketadi 
va zarrachalar bir-biri bilan birlasha boshlaydi.
Yuqorida ko’rsatilganidek, koagulyatsiya jarayoni zolga ma’lum miqdor 

elektrolit qo’shilganida yuzaga keladi. Har qaysi kolloid eritma “koagulyatsiya


chegarasi” deb ataladigan miqdordagi elektrolit ta’siridan koagulyatsiyaga 
uchraydi. Kolloid zarracha ishorasiga qarama-qarshi zaryadli ion koagulyatsiyani
paydo qiluvchi ion hisoblanadi. Ionlarning valentligi ortishi bilan koagullash ta’siri 
kuchayadi. Ionning valentligi oshganida uning zolni koagulyatsiyalash ta’sirining
kuchayishini yuqori valentli ionlar ta’sirida kolloid zarrachalardagi qo’sh elektr 
qavatning siqilish effekti bilan tushuntirish mumkin. Yiriklashgan zarrachalar
og’irlik kuchi ta’siri ostida eritmaning yuqori qismlaridan past qismlariga tusha 
boshlaydi va nihoyat zarrachalar eritmadan ajraladi.
Kolloid sistemalarning barqarorligi va koagulyatsiya haqidagi nazariyalarga 

asoslanib, shuni aytish mumkinki, zolning barqarorligiga ta’sir ettiruvchi kuch –


zarrachalar orasida o’zaro tortilish kuchlaridir va ular neytral zarracha orasida 
ta’sir etuvchi kuchlarga o’xshaydi.




86



Yüklə 246,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə