H. T. Avezov, sh sh. Xudoyberdiyev



Yüklə 246,83 Kb.
səhifə44/48
tarix11.12.2023
ölçüsü246,83 Kb.
#146220
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
H. T. Avezov, sh sh. Xudoyberdiyev-hozir.org (1)

Tayanch iboralar 

Elektro-kinetik hodisa. Qo’sh elektr qavat. Adsorbsion qavat. Diffuzion 


qavat. Qattiq faza. Eritma. Dzeta-potensial. Elektroforez. Elektroosmos. Mitselyar
nazariya. Elektr o’tkazuvchanlik. 
Savol va topshiriqlar 
1. Kolloid sistemalarda elektro-kinetik hodisalar nimalardan iborat? 
2. Qo’sh elektr qavat nima va u qanday hosil bo’ladi?
3. Qo’sh elektron qavatining tuzilishi haqida qanday nazariyalarni bilasiz? 
4. Elektro-kinetik potensial nimadan iborat?




80


5. Elektroforez va elektroosmos nima?
6. Kolloid zarrachalarning tuzilishi haqida mitselyar nazariyaning mohiyati 
nimadan iborat?
7. Mitsella nima va u qanday tuzilishga ega? 


Adabiyotlar
1Axmedov K.S., Raximov X.R. Kolloid ximiya. – Toshkent.- O’zbekiston. – 1992. 
104-110 betlar.
2. Фридрихсберг Д. А. Курс коллоидной химии. – Л.: - Химия. – 1984. – с. 
186-189.
3. Воюцкий С.С. Курс коллоидной химии. –М.: - Химия. – 1964. – с.
139-143.

XIII-ma’ruza 


KOLLOID SISTEMALARNING BARQARORLIGI VA 

KOAGULYATSIYASI 
Reja

1. Kolloid sistemalarning barqarorligi.


2. Agregativ barqarorlik.
3. Liofob zollarning koagulyatsiyasi.
4. DLFO nazariyasi. 
5. Liofil zollarning koagulyatsiyasi.
Termodinamikaning ikkinchi qonuniga muvofiq, har qanday sistemadagi 

erkin energiya minimumga intilish kerak. Kolloid sistema dispers fazasining


solishtirma sirti katta bo’lganligi sababli sistema erkin sirt energiyasi ham katta 
bo’ladi. Shuning uchun kolloid sistemalar termodinamik jihatdan barqaror
bo’lmaydi. Kolloid zarrachalar bilan suyuqlik orasidagi chegara sirt 
kamayganidagina kolloid sistemada erkin sirt energiya minimumga erisha oladi.
Liofob kolloid sistemalar beqaror bo’lib, vaqt o’tishi bilan ularning 

disperslik darajasi o’zgaradi, ya’ni yiriklashadi. Buning sababi shundan iboratki,






81


dispers faza bilan dispersion muhit orasida kuchsiz o’zaro ta’sir mavjud. Disperslik
darajaning kamayishi liofob zollarda ikki yo’l bilan sodir bo’lishi mumkin. 
Birinchisi - qayta kristallanish natijasida mayda zarrachalarning yirik zarrachalarga
birikishi, 
ikkinchisi-dispers
faza

zarrachalarining


bir-biriga 
yopishib
yiriklashuvidir. 
Kolloid zarrachalarning molekulyar kuchlar ta’sirida o’zaro birlashib 

yiriklasha borish protsessi koagulyatsiya deyiladi. Yiriklashish protsessi ba’zi


kolloidlarga juda tez, ba’zilarida esa ancha uzoq vaqt davomida sodir bo’ladi. 
Koagulyatsiyaga uchragan sistemada dispers faza zarrachalari suyuqlik va qattiq
jismning solishtirma massalariga qarab idish tubiga tushishi (sedimentatsiya) 
mumkin.
Dispers fazasining zarrachalari og’irlik kuchi ta’sirida sezilarli darajada 

cho’kmaydigan dispers sistemalar sedimentatsion barqaror sistemalar deyiladi.


Dispers sistemalarning barqarorligi ikki xil: agregativ va kinetik bo’ladi. 
Dispers sistemalarning agregativ barqarorligi dispers sistemaning o’ziga xos 

disperslik darajasini saqlash xususiyatidir. Dispers sistemalarning kinetik


barqarorligi dispers faza zarrachalarining og’irlik kuchi ta’sirida dispersion 
muhitdan ajramaslik qobiliyatini ko’rsatadi.
Suspenziya va emulsiyalarda zarrachalarning o’lchamlari ancha katta 

bo’lganligidan ular o’z-o’zicha qila olmaydi, ya’ni ularda diffuziya deyarli sodir


bo’lmaydi. Shuning uchun suspenziya va emulsiyalar kinetik jihatdan barqaror 
emas.

Chin eritmalarda erigan modda zarrachalari bilan erituvchi o’rtasida chegara 


sirt hosil bo’lmaydi. Shuning uchun bu sistemalar gomogen bo’ladi. Ular sifat


jihatidan kolloid eritmalaridan ham, dag’al dispers sistemalardan ham farq qiladi. 
Chin eritmalarda zarrachalar bir-biriga qo’shilib yiriklashmaydi, bu eritmalarda
zarrachalar o’z-o’zicha harakat ham qiladi. Demak, chin eritmalar agregativ va
kinetik barqaror gomogen sistemalardir.




82

Yuqorida aytgandek, kolloid eritma zarrachalarning bir-biri bilan qo’shilib, 
yiriklashish hodisasi koagulyatsiya deyiladi. Koagulyatsiyani turli vositalar
yordamida yuzaga keltirish mumkin. 


Yüklə 246,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə