H. T. Avezov, sh sh. Xudoyberdiyev


a) Zolga elektrolit qo’shish yo’li bilan



Yüklə 246,83 Kb.
səhifə45/48
tarix11.12.2023
ölçüsü246,83 Kb.
#146220
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
H. T. Avezov, sh sh. Xudoyberdiyev-hozir.org (1)

a) Zolga elektrolit qo’shish yo’li bilan. Agar kolloid eritmaga har qanday
elektrolitdan yetarli miqdorda qo’shilsa, koagulyatsiya sodir bo’ladi. 
Koagulyatsiya sodir bo’lganligini bevosita ko’rish mumkin bo’lsa, u ochiq 

koagulyatsiya, ko’rish mumkin bo’lmasa, yashirin koagulyatsiya deyiladi.
Koagulyatsiya elektrolitning faqat bir ioni sabab bo’ladi. Musbat zaryadli 
kolloidlar anionlar ta’sirida, manfiy zaryadli kolloidlar esa kationlar ta’siridan
koagulyatsiyalanadi. 
Shul’se va Gardi elektrolit ionining valentligi bilan uning koagulyatsiyalash 

kuchi orasidagi bog’liqlikni aniqladilar. Shul’se-Gardi qoidasi bo’yicha


koagullovchi ionning valentligi qancha katta bo’lsa, uning koagulyatsiyalash kuchi 
shuncha ko’p.
b) Elektrolitlar aralashmalari ta’sirida bo’ladigan koagulyatsiya. 
Kolloid eritmalarga elektrolitlar aralashmasi qo’shilganda, uch hol bo’lishi
mumkin:

1) Bir elektrolitning koagulyatsiyalash qobiliyati ikkinchi elektrolitnikiga 


qo’shiladi. Bu hodisa elektrolit ta’sirining additivligi deyiladi.
2) Bir elektrolitga ikkinchi elektrolit qo’shilganda birinchi elektrolitning 

koagulyatsion ta’siri kuchayadi. Bu hodisa sensabilizatsiya deyiladi.


3) Bir elektrolitning koagulyatsiyalash ta’siri boshqa elektrolit qo’shilganda 

kamayadi. Bu hodisa antagonizm deb ataladi. Elektrolitlar aralashmasi ta’sirida


koagulyatsiya vujudga kelishi birinchi rasmda ko’rsatilgan. 





83


I-rasm. Elektrolitlar aralashmasi ta’siri ostida bo’ladigan koagulyatsiya.
4) Kolloidlarning kolloidlar ta’siridan koagulyatsiyasi. Kolloid eritmaning 

qarama-qarshi zaryadli boshqa kolloid bilan ham koagulyatsiyani yuqorida aytib


o’tdik. Kolloidlarning kolloidlar bilan koagulyatsiyasi ularning zaryadiga va 
konsentratsiyasiga bog’liq bo’ladi. Masalan, AgI ning musbat va manfiy zollari
bo’ladigan o’zaro koagulyatsiyasini quyidagi sxema bilan ko’rsatish mumkin: 









AgI



x

n

xAg

nAgI

xI

nAgI







2

Kolloid eritmalar qizdirilsa, ba’zan tez koagulyatsiyalanadi, ba’zan qizdirish 


kam ta’sir etadi. Buning sababi shundaki, eritma qaynatilganda zolning zaryadi


kamayadi, zarracha va ionlar o’rtasidagi muvozanat buziladi va zol 
koagulyatsiyalanadi.

Yüklə 246,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə