Flotatsiya. Ho’llanishning miqdoriy ifodasi. Suyuqlik sirti. Kapilyar bosim.
60
X-ma’ruza
ADSORBILANISH
Reja
1. Adsorbilanish hodisasining umumiy tavsifi.
2. Fizikaviy va kimyoviy adsorbillanish.
3. Adsorbsion muvozanat.
4. Adsorblanish issiqligi.
5. Qattiq jism sirtidagi adsorbillanish.
6. Freyndlix tenglamasi.
Dispers sistemalarning barchasida dispers faza
zarrachalari sirtida erkin
energiya zapasi bo’ladi. Sirt energiya o’z tabiati jihatidan potensial energiya
bo’lganligi uchun termodinamikaning ikkinchi qonuniga muvofiq har qanday jism
o’zining sirt energiyasini kamaytirishga intiladi. Jism
sirtiga erkin energiyani
kamaytiradigan jarayonlar sodir bo’ladi. Shuning uchun dispers kolloid sistemalar
termodinamik jihatdan beqaror sistemalardir.
Ularda doimo dispers faza
zarrachalari sirt energiyasini kamaytiradigan jarayonlar sodir bo’lishi mumkin.
Suyuqlik yoki qattiq jism sirtida boshqa moddalarni yig’ilish hodisalari sirt
energiyasining kamayishiga olib boruvchi jarayonlardan biri hisoblanadi. Suyuqlik
Dostları ilə paylaş: