Ba’zan yutuvchi moddaning ichki tomoniga ham diffuziyalanishi mumkin. Agar
61
modda qattiq jism sirtiga yutilsa, bu hodisa adsorbsiya yoki
fizikaviy adsorbsiya
deb, uning ichki qismiga yutilganda esa,
absorbsiya deb ataladi.
Agar modda
geterogen sistemada bo’ladigan kimyoviy reaksiya tufayli yutilsa,
bu hodisa
xemosorbsiya deyiladi. Xemosorbsiya vaqtida yangi faza vujudga keladi.
Xemosorbsiya ko’pincha, qattiq jismning barcha hajmiga tarqaladi. Xemosorbsiya,
odatda, qaytmas jarayonlar jumlasiga kiradi. Bu holda adsorbentning issiqlik
effekti kimyoviy birikmalarning hosil bo’lish issiqliklariga yaqin keladi. Ba’zan
gazsimon modda sorbsiya vaqtida qattiq jism g’ovaklarida kondensatlanib,
suyuqlikka aylanadi. Bu hodisa
kapilyar kondensatsiya deyiladi.
Agar suyuqlik adsorbent sirtini yaxshi ho’llasa, adsorbentdagi kapilyar
ichida botiq menisk paydo bo’ladi, so’ngra qolgan bug’ ana shu menisk ustida
suyuqlikka aylanib, adsorbentning barcha g’ovaklarini suyuqlikka to’ldiradi.
Kapilyar kondensatsiya ikkilamchi hodisa bo’lib, uning vujudga kelishida
adsorbsion kuchlar ishtirok etmaydi. Balki suyuqlikning botiq meniskiga bug’ning
tortilishi asosiy rol o’ynaydi. Kapilyar kondensatsiya katta tezlikka ega bo’lib u bir
necha minut davomida tugaydi.
Adsorbilangan gaz qattiq jism sirtida
bir yoki bir necha qatlam
molekulalaridan
iborat bo’lishi mumkin. Shunga qarab adsorbillanish
Dostları ilə paylaş: