Hakamlik sudlari to‘g‘risida


-modda. Dalillarni ta’minlash to‘g‘risidagi ariza



Yüklə 107,25 Kb.
səhifə37/121
tarix11.12.2023
ölçüsü107,25 Kb.
#146253
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   121
Fuqarolik Javob 74

77-modda. Dalillarni ta’minlash to‘g‘risidagi ariza
Dalillarni ta’minlash to‘g‘risidagi ariza dalillarni ta’minlash bilan bog‘liq protsessual harakatlar amalga oshirilishi kerak bo‘lgan hududda faoliyat olib borayotgan sudga beriladi.Arizada ta’minlanishi zarur bo‘lgan dalillar, bu dalillar bilan tasdiqlanishi zarur bo‘lgan holatlar, dalillarni ta’minlash to‘g‘risida arizachini iltimosnoma bilan murojaat qilishga undagan sabablar, shuningdek ta’minlanadigan dalillar zarur bo‘lgan yoki ular keyinchalik asqotishi mumkin bo‘lgan ish ko‘rsatilishi kerak.


  1. Darhol ijro etilishi lozim bo‘lgan hal qiluv qarorlari.

266-modda. Darhol ijro etilishi lozim bo‘lgan hal qiluv qarorlari
Sudning quyidagi:1) alimentlar undirish to‘g‘risidagi;2) xodimga uch oylik ish haqidan ortiq bo‘lmagan ish haqini undirib berish to‘g‘risidagi;3) mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqqa boshqacha tarzda shikast yetkazilganligi, shuningdek boquvchisi vafot etganligi natijasida ko‘rilgan zararning o‘rnini qoplash uchun to‘lovlar undirish to‘g‘risidagi;4) mehnat shartnomasi g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilingan xodimni yoki g‘ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazilgan xodimni avvalgi ishiga tiklash to‘g‘risidagi, shuningdek mehnat shartnomasini bekor qilish asoslarining ta’rifini o‘zgartirish to‘g‘risidagi;5) sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurashish muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘linmasiga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish to‘g‘risidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi;6) sudda ishni muhokama qilish vaqtida javobgar da’voni butunlay yoki qisman tan olganligiga qarab, to‘liq yoki qisman qanoatlantirilgan talablar bo‘yicha chiqarilgan hal qiluv qarorlari darhol ijro etilishi kerak.


  1. Davlat boji

174-modda. Davlat boji
Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizadan qonunchilikda da’vo ishini yuritish uchun belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji undiriladi.Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizani qabul qilish rad etilgan taqdirda, undiruvchi tomonidan to‘langan davlat boji qaytarib beriladi.Sud buyrug‘i bekor qilingan taqdirda undiruvchi tomonidan to‘langan davlat boji qaytarib berilmaydi. Undiruvchi tomonidan qarzdorga nisbatan da’vo ishi yuritish tartibida da’vo qo‘zg‘atilgan taqdirda, to‘langan davlat boji to‘lanishi lozim bo‘lgan bojga qo‘shib hisoblanadi.

Yüklə 107,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə