Hakamlik sudlari to‘g‘risida


-modda. Taraflarning protsessual huquq va majburiyatlari



Yüklə 107,25 Kb.
səhifə40/121
tarix11.12.2023
ölçüsü107,25 Kb.
#146253
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   121
Fuqarolik Javob 74

44-modda. Taraflarning protsessual huquq va majburiyatlari
Taraflar protsessual huquqlardan teng foydalanadilar va teng majburiyatlarga ega bo‘ladilar.
Da’vogar bildirilgan talablarning asosini yoki predmetini o‘zgartirishga, qo‘shimcha talablar taqdim etishga, da’vo talablarining miqdorini oshirishga yoxud kamaytirishga, ulardan to‘liq yoki qisman voz kechishga haqli.Javobgar da’vogarning talabini to‘liq yoki qisman tan olishga, qarshi da’vo taqdim etishga haqli.Da’vo ishini yuritishda taraflar sud protsessining har qanday bosqichida ishni kelishuv bitimi tuzish yoki birinchi instansiya sudida sud alohida xonaga (maslahatxonaga) sud hujjatini qabul qilish uchun chiqquniga qadar mediativ kelishuv tuzish orqali tugallashga haqli.


  1. Fuqarolarning Sud orqali himoyalanish huquqi

3-modda. Sud orqali himoyalanish huquqi
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq har bir shaxsga o‘z huquqlarini, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilish kafolatlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.Har qanday manfaatdor shaxs buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqi yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatini himoya qilish uchun fuqarolik sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga (sudga) murojaat qilishga haqli.


  1. Fuqarolik ishini quzgatish asoslari va da’vo arizasini rad qilish tartibi

193-modda. Arizani ish yuritishga qabul qilish va ish qo‘zg‘atish
Sudya ushbu Kodeksda nazarda tutilgan talablarga rioya etgan holda berilgan arizani ish yuritishga qabul qilishi va ish qo‘zg‘atishi shart.Sudya ushbu Kodeksda nazarda tutilgan talablarni buzgan holda berilgan arizani, agar arizaga tegishli iltimosnomalar ilova qilingan, bunday iltimosnomalarni hal qilish qonun bilan sudyaning vakolatlariga berilgan hamda bu iltimosnomalar qanoatlantirilgan bo‘lsa, ish yuritishga qabul qilishga va ish qo‘zg‘atishga haqli.
Sudyaning ushbu Kodeksda nazarda tutilgan talablarni buzgan holda berilgan arizani ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi iltimosnomani qanoatlantirish haqidagi xulosasi arizani ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimda asoslantirilgan bo‘lishi kerak.

Yüklə 107,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə