Hakamlik sudlari to‘g‘risida


-modda. Sud hujjatlarini qayta ko‘rish to‘g‘risida ariza berish



Yüklə 107,25 Kb.
səhifə48/121
tarix11.12.2023
ölçüsü107,25 Kb.
#146253
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   121
Fuqarolik Javob 74

439-modda. Sud hujjatlarini qayta ko‘rish to‘g‘risida ariza berish
Yangi ochilgan holatlar bo‘yicha hal qiluv qarorini, ajrim yoki qarorni qayta ko‘rish haqidagi ariza hal qiluv qarorini, ajrimni yoxud qarorni chiqargan sudga ishda ishtirok etgan shaxslar tomonidan beriladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar bunday arizani hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni qayta ko‘rish uchun asos bo‘ladigan holatlar ma’lum bo‘lgan kundan e’tiboran uch oy muddat ichida berishi mumkin.Ariza bilan murojaat etgan shaxsning iltimosnomasiga ko‘ra, o‘tkazib yuborilgan arizani berish muddati, agar iltimosnoma qayta ko‘rish uchun asos bo‘ladigan holatlar ochilgan kundan e’tiboran olti oydan kechiktirmay berilgan bo‘lsa va sud muddatni o‘tkazib yuborish sabablarini uzrli deb topsa, sud tomonidan tiklanishi mumkin.


  1. Fuqarolik protsessida Da’voni ta’minlash choralarini bekor qilish

111-modda. Da’voni ta’minlash choralarini bekor qilish
Da’voni ta’minlash choralari ishni ko‘rib chiqayotgan sud tomonidan bekor qilinishi mumkin.
Da’voni ta’minlashni bekor qilish to‘g‘risidagi masala ishda ishtirok etayotgan shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida hal etiladi. Biroq bu shaxslarning kelmaganligi da’voni ta’minlashni bekor qilish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
Hakamlik sudining da’vo talablarini qanoatlantirishni rad etish haqidagi hal qiluv qarori da’voni ta’minlash choralari sud tomonidan bekor qilinishi uchun asos bo‘ladi.Da’voni ta’minlash choralarini bekor qilish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ajrim chiqariladi. Ajrimning ko‘chirma nusxasi ishda ishtirok etayotgan shaxslarga ajrim chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay yuboriladi.


  1. Fuqarolik protsessida Da’voni ta’minlashning bir turini boshqasi bilan almashtirish

108-modda. Da’voni ta’minlashning bir turini boshqasi bilan almashtirish
Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlarini eshitib, da’voni ta’minlashning bir turini boshqasi bilan almashtirishi mumkin.Da’voni ta’minlash turini almashtirish ishda ishtirok etayotgan shaxsning iltimosnomasiga ko‘ra, ishni ko‘rib chiqayotgan sud tomonidan amalga oshirilishi mumkin.Da’voni ta’minlashning bir turini boshqasi bilan almashtirish to‘g‘risidagi masala ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida hal etiladi. Biroq bu shaxslarning kelmaganligi da’voni ta’minlashning bir turini boshqasi bilan almashtirish masalasini ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi.Pul summasini undirish to‘g‘risidagi da’voni ta’minlashda javobgar qo‘llanilgan ta’minlash choralari o‘rniga da’vogar talab qilayotgan summani sudning depozit hisobvarag‘iga o‘tkazishga haqli.Da’voni ta’minlash turini almashtirish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ajrim chiqariladi.


  1. Fuqarolik protsessida Guvohlarni ularning yashash joylarida so‘roq qilish


Yüklə 107,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə