Hakamlik sudlari to‘g‘risida


-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizaning shakli va mazmuni



Yüklə 107,25 Kb.
səhifə56/121
tarix11.12.2023
ölçüsü107,25 Kb.
#146253
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   121
Fuqarolik Javob 74

350-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizaning shakli va mazmuni
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza yozma shaklda, shu jumladan elektron hujjat tarzida beriladi va hal qiluv qarori yuzasidan nizolashayotgan hakamlik muhokamasi tarafi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizada quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak1) ariza berilayotgan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning nomi;2) nizolashilayotgan hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudining nomi va tarkibi, uning joylashgan eri;3) hakamlik muhokamasi taraflarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), yashash joyi yoki turgan joyi (pochta manzili), shuningdek, agar ariza vakil tomonidan berilayotgan bo‘lsa, vakilning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi;4) hakamlik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan sana;
5) hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat etgan hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudining nizolashilayotgan hal qiluv qarorini olgan sana;
6) hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi talab va mazkur qaror qanday asoslar bo‘yicha nizolashilayotganligi.Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizada telefonlar, fakslar raqamlari, elektron pochta manzillari va boshqa ma’lumotlar ko‘rsatilishi mumkin.Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi:


  1. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish tartibi.

351-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish tartibi
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalarga binoan sudya tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqiladi.
Sudya ishni hakamlik muhokamasi tarafining iltimosnomasiga binoan sud muhokamasiga tayyorlayotganda hal qiluv qarori fuqarolik ishlari bo‘yicha sudda nizolashilayotgan ishning materiallarini hakamlik sudidan ushbu Kodeksda dalillarni talab qilib olish uchun nazarda tutilgan qoidalarga binoan talab qilib olishi mumkin.Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud hakamlik muhokamasi taraflarini sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qiladi. Sud majlisining vaqti va joyi haqida belgilangan tartibda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi ishni ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi.Sud ishni sud majlisida ko‘rib chiqayotganda hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish uchun ushbu Kodeksning 352-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjudligini yoki mavjud emasligini bildirilgan talablar va e’tirozlarni asoslash uchun sudga taqdim etilgan dalillarni tekshirish yo‘li bilan aniqlaydi.Sud ishni sud majlisida ko‘rib chiqayotganda hakamlik sudi aniqlagan holatlarni tekshirishga yoxud hakamlik sudining hal qiluv qarorini mazmunan qayta ko‘rib chiqishga haqli emas.


  1. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ishlarni yuritish.


Yüklə 107,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə