Hakamlik sudlari to‘g‘risida


-modda. Hal qiluv qarori yozuvidagi xatolarni va aniq ko‘rinib turgan arifmetik xatolarni tuzatish



Yüklə 107,25 Kb.
səhifə59/121
tarix11.12.2023
ölçüsü107,25 Kb.
#146253
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   121
Fuqarolik Javob 74

261-modda. Hal qiluv qarori yozuvidagi xatolarni va aniq ko‘rinib turgan arifmetik xatolarni tuzatish
Sud hal qiluv qarori yozuvida yo‘l qo‘yilgan xatolarni yoki ochiq ko‘rinib turgan arifmetik xatolarni o‘z tashabbusi yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasiga ko‘ra tuzatishi mumkin.Hal qiluv qarori yozuvida yo‘l qo‘yilgan xatolarni yoki ochiq ko‘rinib turgan arifmetik xatolarni tuzatish haqidagi ariza u topshirilgan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddatda ko‘rib chiqiladi.Hal qiluv qarori yozuvidagi xatolarni yoki ochiq ko‘rinib turgan arifmetik xatolarni tuzatish to‘g‘risidagi masala ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida hal etiladi. Biroq, bu shaxslarning kelmaganligi tuzatishlarni kiritish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi.Hal qiluv qaroriga tuzatishlar kiritish yoxud tuzatishlar kiritishni rad qilish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.Hal qiluv qaroriga tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi sudning ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.


  1. Hal qiluv qarorini ijro etish tartibi va muddatini belgilash, hal qiluv qarorining ijrosini ta’minlash.

255-modda. Hal qiluv qarorini ijro etish tartibi va muddatini belgilash, hal qiluv qarorining ijrosini ta’minlash
Sud hal qiluv qarorini ijro etishning muayyan tartibi va muddatini belgilagan yoki hal qiluv qarori darhol ijro etilishini zarur deb topgan yoxud uning ijrosini ta’minlashga doir choralar ko‘rgan hollarda, bu haqda hal qiluv qarorida ko‘rsatiladi.


  1. Hal qiluv qarorini qabul qilishda yechiladigan masalalar.

251-modda. Hal qiluv qarorini qabul qilishda yechiladigan masalalar
Sud hal qiluv qarorini qabul qilayotganida dalillarga baho beradi, ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan qanday holatlar aniqlanganligini va qandaylari aniqlanmaganligini, bu ish bo‘yicha qanday qonun yoki boshqa qonunchilik hujjati qo‘llanilishi kerakligini hamda arz qilingan talab qanoatlantirilishi lozimligini yoki lozim emasligini aniqlaydi.Sud, shuningdek sud xarajatlarini ham taqsimlaydi, hal qiluv qarorini ijro etish muddati va tartibini belgilaydi, boshqa qo‘shimcha masalalarni hal qiladi.Agar ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan yangi holatlarni aniqlash yoki yangi dalillarni tekshirish zarur bo‘lib qolsa, sud hal qiluv qarorini qabul qilmasdan, sud muhokamasini tiklaydi, bu haqda ajrim chiqaradi. Bunday holda sud muhokamasi faqat qo‘shimcha tekshirish ehtiyoji bo‘lgan holatlar doirasida olib boriladi.


  1. Hal qiluv qarorining darhol ijro etilishiga sudning yo‘l qo‘yish huquqi.


Yüklə 107,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə