Hakamlik sudlari to‘g‘risida



Yüklə 107,25 Kb.
səhifə62/121
tarix11.12.2023
ölçüsü107,25 Kb.
#146253
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   121
Fuqarolik Javob 74

311-modda. Ish materiallarini sudga taalluqliligiga ko‘ra fuqarolik ishlari bo‘yicha suddan boshqa sudga o‘tkazish
Talab fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga taalluqlilik qoidalari buzilgan holda taqdim etilgan taqdirda, da’vo arizasi (ariza) taalluqliligiga ko‘ra iqtisodiy sudga yoki ma’muriy sudga ko‘rib chiqish uchun o‘tkaziladi.Agar ishni ko‘rib chiqish jarayonida da’vo arizasi (ariza) sudga taalluqlilik qoidalari buzilgan holda ish yuritishga qabul qilinganligi aniqlansa, fuqarolik ishlari bo‘yicha sud ish materiallarini sudga taalluqliligiga ko‘ra iqtisodiy sudga yoki ma’muriy sudga ko‘rib chiqish uchun o‘tkazish va fuqarolik sud ishini yuritishni tugatish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.Da’vo arizasini (arizani), ish materiallarini sudga taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga o‘tkazish to‘g‘risidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.Fuqarolik ishlari bo‘yicha suddan taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga o‘tkazilgan da’vo arizasi (ariza), ish materiallari o‘ziga o‘tkazilgan sud tomonidan qabul qilib olinishi kerak.O‘zbekiston Respublikasida sudlar o‘rtasida sudga taalluqlilik to‘g‘risidagi nizolarga yo‘l qo‘yilmaydi.


  1. Ish yuritishni tiklash

121-modda. Ish yuritishni tiklash
Ish yuritish uni to‘xtatib turishga sabab bo‘lgan holatlar barham topganidan keyin ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasiga ko‘ra yoki sudning tashabbusi bilan tiklanadi.
Ish yuritish tiklangan taqdirda, sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarni umumiy asoslarda chaqiradi.Ish yuritishni tiklash to‘g‘risida ajrim chiqariladi.


  1. Ish yuritishni tugatish asoslari

124-modda. Ish yuritishni tugatish asoslari
Sud quyidagi hollarda ish yuritishni tugatadi, agar:1) ish fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga, iqtisodiy sudga yoki ma’muriy sudga taalluqli bo‘lmasa;2) fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning, iqtisodiy sudning yoki ma’muriy sudning yoxud chet davlat vakolatli sudining ayni bir taraflar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yoki da’vogarning arz qilingan talablaridan voz kechishini qabul qilish to‘g‘risidagi yoxud taraflarning kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi ajrimi mavjud bo‘lsa;3) da’vogar arz qilingan talablaridan voz kechgan va sud bu voz kechishni qabul qilgan bo‘lsa;4) taraflar kelishuv bitimi tuzgan va u sud tomonidan tasdiqlangan bo‘lsa;
5) hakamlik sudining ayni bir taraflar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan hal qiluv qarori mavjud bo‘lsa, bundan sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berishni rad etgan hollar mustasno;
6) ish bo‘yicha taraflardan biri bo‘lgan fuqaroning vafotidan so‘ng nizoli huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yo‘l qo‘ymasa;7) ish bo‘yicha taraf bo‘lib qatnashayotgan tashkilot tugatilgan bo‘lsa.


  1. Ish yuritishni tugatish oqibatlari


Yüklə 107,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə