Hakamlik sudlari to‘g‘risida


-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish tartibi



Yüklə 107,25 Kb.
səhifə58/121
tarix11.12.2023
ölçüsü107,25 Kb.
#146253
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   121
Fuqarolik Javob 74

356-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish tartibi
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ariza ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalarga binoan sudya tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqiladi.Sudya ishni hakamlik muhokamasi tarafining iltimosnomasiga binoan ijro varaqasi so‘ralayotgan ish materiallarini hakamlik sudidan ushbu Kodeksda dalillarni talab qilib olish uchun nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha talab qilib olishi mumkin.Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud hakamlik muhokamasi taraflarini sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qiladi. Sud majlisining vaqti va joyi haqida zarur tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi ishni ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi.Sud ishni sud majlisida ko‘rib chiqayotganda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etish uchun ushbu Kodeksning 357-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjudligini yoki mavjud emasligini bildirilgan talablar va e’tirozlarni asoslash uchun fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga taqdim etilgan dalillarni tekshirish yo‘li bilan aniqlaydi.Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud ishni sud majlisida ko‘rib chiqayotganda hakamlik sudi aniqlagan holatlarni tekshirishga yoxud hakamlik sudining hal qiluv qarorini mazmunan qayta ko‘rib chiqishga haqli emas.


  1. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etish asoslari.

357-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etish asoslari
Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi biriga qarshi qabul qilingan bo‘lsa, o‘sha taraf:1) hakamlik bitimi qonunda nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra haqiqiy emasligini;2) hakamlik sudi hal qiluv qarorining hakamlik bitimida nazarda tutilmagan yoki uning shartlariga to‘g‘ri kelmaydigan nizo bo‘yicha chiqarilganligini yoxud unda hakamlik bitimi doirasidan chetga chiquvchi masalalar bo‘yicha xulosalar mavjudligini 3) hakamlik sudi tarkibining yoki hakamlik muhokamasining “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14, 15, 16 va 25-moddalari qoidalariga muvofiq emasligini;4) hakamlik sudining hal qiluv qarori “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 10-moddasining birinchi va uchinchi qismlari talablari buzilgan holda chiqarilganligini;5) hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi biriga qarshi qabul qilingan bo‘lsa, o‘sha taraf hakamlik sudyalarini saylash (tayinlash) to‘g‘risida yoki hakamlik sudi majlisining vaqti va joyi haqida zarur tarzda xabardor qilinmaganligini hamda shu sababli u hakamlik sudiga o‘z tushuntirishlarini taqdim eta olmaganligini;


  1. Hal qiluv qarori yozuvidagi xatolarni va aniq ko‘rinib turgan arifmetik xatolarni tuzatish.


Yüklə 107,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə