Hakamlik sudlari to‘g‘risida



Yüklə 107,25 Kb.
səhifə66/121
tarix11.12.2023
ölçüsü107,25 Kb.
#146253
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   121
Fuqarolik Javob 74

2794-modda. Ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqishning o‘ziga xos xususiyatlari
Arizani ish yuritishga qabul qilish va ish qo‘zg‘atish to‘g‘risida sud ajrim chiqaradi, ajrimda ish soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rilishini hamda ish ko‘rib chiqiladigan sanani ko‘rsatadi.Sud arizani ish yuritishga qabul qilish va ish qo‘zg‘atish haqidagi ajrimda javobgarga da’vo arizasiga doir yozma fikrini hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar taqdim etishi zarurligini ko‘rsatadi.Sud ajrim bilan bir vaqtda javobgarga da’vo arizasining (arizaning) ko‘chirma nusxasini va unga ilova qilingan hujjatlarning ko‘chirma nusxalarini darhol pochta orqali yoki elektron hujjat tarzida axborot tizimi orqali yuboradi.
Javobgar da’vo arizasiga doir yozma fikrini sudga o‘zi asoslanayotgan hujjatlar va dalillarni ilova qilgan holda taqdim etishga haqli.
2795-modda. Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqilgan ish bo‘yicha hal qiluv qarori
Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqilgan ish bo‘yicha hal qiluv qarori ushbu Kodeksning 23-bobida nazarda tutilgan umumiy qoidalarga ko‘ra, mazkur bobda belgilangan o‘ziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda sud tomonidan qabul qilinadi.
Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqilgan ish bo‘yicha hal qiluv qarori, agar apellatsiya shikoyati (protesti) berilmagan bo‘lsa, qabul qilinganidan keyin o‘n kun o‘tgach qonuniy kuchga kiradi.Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqilgan ish bo‘yicha hal qiluv qarori sud tomonidan ushbu Kodeks V bo‘limining qoidalariga ko‘ra beriladigan ijro varaqasi asosida ijro etilishi lozim.Apellatsiya shikoyati (protesti) berilgan taqdirda hal qiluv qarori, agar u bekor qilinmagan bo‘lsa, apellatsiya instansiyasi sudining qarori qabul qilingan kundan e’tiboran qonuniy kuchga kiradi.Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqilgan ish bo‘yicha hal qiluv qarori ushbu Kodeksning IV bo‘limida nazarda tutilgan qoidalarga asosan apellatsiya va kassatsiya tartibida, shu jumladan kassatsiya instansiyasi sudida takroran, shuningdek yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rib chiqilishi mumkin”;


  1. Ishni sud muhokamasiga tayinlash


Yüklə 107,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə