Hakamlik sudlari to‘g‘risida


-modda. Javobgar zimmasiga muayyan harakatlarni amalga oshirish majburiyatini yuklatadigan hal qiluv qarori



Yüklə 107,25 Kb.
səhifə68/121
tarix11.12.2023
ölçüsü107,25 Kb.
#146253
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   121
Fuqarolik Javob 74

259-modda. Javobgar zimmasiga muayyan harakatlarni amalga oshirish majburiyatini yuklatadigan hal qiluv qarori
Sud javobgar zimmasiga mol-mulkni yoki pul summalarini olib berish bilan bog‘liq bo‘lmagan muayyan harakatlarni bajarish majburiyatini yuklatishni nazarda tutuvchi hal qiluv qarorini qabul qilish chog‘ida, qarorning o‘zida, agar javobgar hal qiluv qarorini belgilangan muddat ichida bajarmasa, da’vogar shu harakatlarni javobgarning hisobidan amalga oshirishga va zarur xarajatlarni keyinchalik javobgardan undirib olishga haqli ekanligini ko‘rsatishi mumkin. Agar mazkur harakatlar faqat javobgar tomonidan amalga oshirilishi mumkin bo‘lsa, sud hal qiluv qarorida uni ijro etish kerak bo‘lgan muddatni belgilab qo‘yadi.


  1. Jinoyat tufayli yetkazilgan zararlar to‘g‘risidagi fuqarolik ishining sudlovga tegishliligi

38-modda. Jinoyat tufayli yetkazilgan zararlar to‘g‘risidagi fuqarolik ishining sudlovga tegishliligi
Jinoyat ishidan kelib chiqadigan fuqarolik da’vosi, agar jinoyat ishi ko‘rilganda ushbu da’vo arz qilinmagan yoki hal etilmagan bo‘lsa, fuqarolik sud ishlarini yuritish tartibida ko‘rib chiqish uchun fuqarolik ishlarining sudlovga tegishliligiga doir umumiy qoidalar bo‘yicha taqdim etiladi.


  1. Kassatsiya instansiya sudida ashyoviy dalillarni saqlash va qaytarib berish

94-modda. Ashyoviy dalillarni saqlash va qaytarib berish
Ashyoviy dalillar sudning ajrimiga binoan ishga qo‘shib qo‘yiladi va ishda saqlanadi yoki alohida ro‘yxat qilinib, sudning ashyoviy dalillar saqlanadigan xonasiga topshiriladi.
Sudga keltirib bo‘lmaydigan ashyolar turgan joyida saqlanadi. Ular batafsil tavsiflangan, muhrlangan, zarur hollarda esa foto- yoki videosuratga olingan bo‘lishi kerak.
Sud, saqlovchi ashyoviy dalillarni o‘zgarmas holatda saqlash choralarini ko‘radilar.
Ashyoviy dalillarni saqlash xarajatlari taraflar o‘rtasida, ushbu Kodeksning 138-moddasida belgilangan qoidalarga muvofiq taqsimlanadi.Ashyoviy dalillar kimdan olingan bo‘lsa, sud hujjati qonuniy kuchga kirganidan keyin o‘sha shaxslarga qaytarib beriladi yoki sud shu ashyoviy dalillarga kimning huquqi bor deb topgan bo‘lsa, o‘sha shaxslarga beriladi.


  1. Kassatsiya instansiya sudida Hujjatning qalbakiligi to‘g‘risidagi arizani, Ashyoviy dalillarni va Audio yoki videoyozuvni qayta namoyish qilish va ularni tekshirish.


Yüklə 107,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə