Hakamlik sudlari to‘g‘risida


-modda. Sud muhokamasining bevositaligi va og‘zakiligi



Yüklə 107,25 Kb.
səhifə71/121
tarix11.12.2023
ölçüsü107,25 Kb.
#146253
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   121
Fuqarolik Javob 74

13-modda. Sud muhokamasining bevositaligi va og‘zakiligi
Sud fuqarolik ishini ko‘rayotganda ishga oid dalillarni bevosita tekshirishi: ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlarini, guvohlarning ko‘rsatuvlarini, ekspertlarning xulosalarini va mutaxassislarning maslahatlarini (tushuntirishlarini) eshitishi, yozma dalillar bilan tanishishi, ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechirishi shart.


  1. Kassatsiya instansiyasi sudida ish yuritish.

4075-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi ushbu Kodeks talablariga rioya etgan holda berilgan kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishi shart.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:1) ajrim chiqarilgan sana va joy;2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi, ismi, otasining ismi;3) shikoyat (protest) bergan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi);4) ustidan shikoyat (protest) berilayotgan sud hujjatlari;5) tegishli suddan ishni talab qilib olish haqidagi xulosa.O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining “Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorlari va ajrimlari ustidan kassatsiya shikoyati berish (protesti keltirish)” deb nomlangan 38-bobi 2000-yil 14-dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonunga muvofiq kiritilgan bob sanaladi. Hozirda O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksida 45-bob (403-421-moddalar) “Kassatsiya instansiyasi sudida ish yuritish” deb nomlanadi.


  1. Kassatsiya instansiyasi sudiga beriladigan Arizaning shakli va mazmuni.

406-modda. Kassatsiya shikoyatining (protestining) mazmuni
Kassatsiya shikoyatida (protestida) quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:1) shikoyat (protest) yo‘llanayotgan kassatsiya instansiyasi sudining nomi;2) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), uning yashash joyi yoki joylashgan eri (pochta manzili);3) ishning raqami, shikoyat qilinayotgan (protest keltirilayotgan) hal qiluv qarori, ajrim, qaror qabul qilingan sana va ushbu sud hujjatini chiqargan sud;4) hal qiluv qarorining, ajrimning, qarorning noto‘g‘riligi nimadan iborat ekanligi;5) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning iltimosi;6) shikoyatga (protestga) ilova qilingan yozma materiallarning ro‘yxati.
Kassatsiya shikoyatini shikoyat berayotgan shaxs yoki uning vakili imzolaydi.
Kassatsiya protesti protest keltirgan prokuror tomonidan imzolangan bo‘lishi kerak;
Kassatsiya shikoyatida (protestida) shikoyatni (protestni) bergan shaxsning yoxud uning vakilining telefonlari va fakslari raqamlari, elektron pochta manzili ko‘rsatilishi mumkin.

Yüklə 107,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə