Hakamlik sudlari to‘g‘risida


-modda. Protsessual huquqiy vorislik



Yüklə 107,25 Kb.
səhifə70/121
tarix11.12.2023
ölçüsü107,25 Kb.
#146253
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   121
Fuqarolik Javob 74

47-modda. Protsessual huquqiy vorislik. Nizoli yoki sudning hal qiluv qarori bilan aniqlangan huquqiy munosabatda taraflarning biri, uchinchi shaxs yoki ularning qonuniy vakili chiqib ketgan taqdirda (fuqaroning o‘limi, yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi, boshqa shaxs foydasiga talabdan voz kechish, qarzning boshqa shaxsga o‘tkazilishi va h.k.) sud bu shaxslarni ularning huquqiy vorislari bilan almashtirishga yo‘l qo‘yadi.Huquqiy vorislik fuqarolik sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida amalga oshirilishi mumkin. Huquqiy vorisning sud protsessiga kirishganligi haqida ajrim chiqariladi.Taraf huquqiy voris bilan almashtirilgandan so‘ng sud protsessi almashtirish amalga oshirilgan bosqichdan davom ettiriladi.Huquqiy voris sud protsessiga kirishguniga qadar amalga oshirilgan barcha harakatlar huquqiy vorisga o‘rnini bo‘shatib bergan shaxsga qay darajada majburiy bo‘lgan bo‘lsa, huquqiy vorisga ham shu darajada majburiydir. Huquqiy voris ishga doir barcha materiallar bilan tanishishga haqli.


  1. Kassatsiya instansiya sudida qo‘shimcha va qayta ekspertiza tayinlash

96-modda. Qo‘shimcha va qayta ekspertizalar
Qo‘shimcha ekspertiza ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasidagi bo‘shliqlar o‘rnini to‘ldirish uchun tayinlanadi va shu yoki boshqa ekspert (ekspertlar komissiyasi) tomonidan o‘tkaziladi.Ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasi asoslantirilmaganda yoki uning to‘g‘riligiga shubha tug‘ilganda yoxud unga asos qilib olingan dalillar ishonchli emas deb topilganda yoki ekspertizani o‘tkazishning protsessual qoidalari jiddiy ravishda buzilganda qayta ekspertiza tayinlanadi.Qayta ekspertiza tayinlanganda ekspert (ekspertlar komissiyasi) oldiga ilgari qo‘llanilgan tekshirish usullarining ilmiy asoslanganligi to‘g‘risidagi masala qo‘yilishi mumkin.
Qayta ekspertizani tayinlash to‘g‘risidagi sud ajrimida qayta ekspertizani tayinlagan sudning birinchi (ilgarigi) ekspertiza xulosasiga qo‘shilmaganligi sabablari keltirilishi kerak.
Qayta ekspertiza o‘tkazish boshqa ekspertga (ekspertlar komissiyasiga) topshiriladi. Birinchi (ilgarigi) ekspertizani o‘tkazgan ekspert (ekspertlar komissiyasi) qayta ekspertiza o‘tkazishda hozir bo‘lishi va tushuntirishlar berishi mumkin, lekin u tekshirishlar o‘tkazish va xulosa tuzishda ishtirok etmaydi.


  1. Kassatsiya instansiya sudida sud muhokamasining bevositaligi va og‘zakiligi ta’minlash


Yüklə 107,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə