Hakamlik sudlari to‘g‘risida


-modda. Ishni ko‘rib chiqish



Yüklə 107,25 Kb.
səhifə54/121
tarix11.12.2023
ölçüsü107,25 Kb.
#146253
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   121
Fuqarolik Javob 74

313-modda. Ishni ko‘rib chiqish
Sud fuqaroni muomala layoqati cheklangan deb topish to‘g‘risidagi ishni albatta mazkur fuqaroning, prokuror hamda vasiylik va homiylik organi vakilining ishtirokida ko‘radi. Agar fuqaro sud majlisiga kelmasa, ushbu Kodeks 186-moddasining qoidalari qo‘llanadi.Sud fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb topish to‘g‘risidagi ishni prokuror hamda vasiylik va homiylik organining vakili ishtirokida ko‘rib chiqadi. Ishi ko‘rib chiqilayotgan fuqaro, agar uning sog‘lig‘i holati imkon bersa, sud majlisiga chaqiriladi.
314-modda. Sudning hal qiluv qarori
Sudning fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori vasiylik va homiylik organining muomala layoqati cheklangan shaxsga homiy tayinlashi, muomalaga layoqatsiz shaxsga esa, vasiy tayinlashi uchun asos bo‘ladi.Fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topganda sud hal qiluv qarori kuchga kirganidan so‘ng uch kun ichida bu haqda mazkur shaxs yashab turgan joydagi homiylik va vasiylik organiga xabar qiladi va uning ustidan homiy yoki vasiy tayinlash uchun hal qiluv qarorining ko‘chirma nusxasini yuboradi.


  1. Fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2009-yil 24-noyabrdagi 14-sonli “Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori.

  2. 1. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, fuqarolik ishlari bo‘yicha sud xarajatlari davlat boji va ishni ko‘rish bilan bog‘liq chiqimlardan iborat.

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonuni (bundan buyon matnda “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonun deb yuritiladi) 3-moddasiga muvofiq davlat boji deganda, yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik va (yoki) bunday harakatlar uchun vakolatli muassasalar va (yoki) mansabdor shaxslar tomonidan hujjatlar berganlik uchun olinadigan majburiy to‘lov tushuniladi.
2. Tushuntirilsinki, fuqarolik ishlari bo‘yicha davlat boji quyidagilardan undiriladi:1) sudlarga beriladigan da’vo arizalaridan, alohida tartibda yuritiladigan ishlarga doir arizalardan;2) hakamlik sudining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish haqidagi arizalardan;3) hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizalardan;4) chet davlat sudining hamda chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish haqidagi arizalardan;5) apellatsiya, kassatsiya shikoyatlaridan:6) hujjatlarning dublikatlarini va ko‘chirma nusxalarini (shu jumladan, takroriy ravishda beriladigan sud hujjatlarining ko‘chirma nusxalarini) berganlik uchun.
3. Fuqarolik ishlari bo‘yicha davlat bojini to‘lash bilan bog‘liq masalalar O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonuni bilan belgilangan davlat boji stavkalarining miqdorlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi) 13-bobiga muvofiq tartibga solinadi.


  1. Fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb toppish tugrisidagi ishlarni kurib chiqishda Davlat boshqaruvi organlarining xulosalari, Ishni mazmunan muhokama qilishni tamomlash, Sud muzokaralari va Prokurorning fikri.


Yüklə 107,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə