Hakamlik sudlari to‘g‘risida


-modda. Kelishilgan sudlovga tegishlilik



Yüklə 107,25 Kb.
səhifə51/121
tarix11.12.2023
ölçüsü107,25 Kb.
#146253
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   121
Fuqarolik Javob 74

36-modda. Kelishilgan sudlovga tegishlilik
Taraflar o‘zaro kelishib, muayyan ish uchun hududiy sudlovga tegishlilikni o‘zgartirishi mumkin.Ushbu Kodeksning 35-moddasida belgilangan sudlovga tegishlilik taraflar kelishuvi bo‘yicha o‘zgartirilishi mumkin emas.
37-modda. Qarshi da’voning sudlovga tegishliligi
Qarshi da’vo sudlovga tegishliligidan qat’i nazar, dastlabki da’vo ko‘rilayotgan joydagi sudda taqdim etiladi.
38-modda. Jinoyat tufayli yetkazilgan zararlar to‘g‘risidagi fuqarolik ishining sudlovga tegishliligi
Jinoyat ishidan kelib chiqadigan fuqarolik da’vosi, agar jinoyat ishi ko‘rilganda ushbu da’vo arz qilinmagan yoki hal etilmagan bo‘lsa, fuqarolik sud ishlarini yuritish tartibida ko‘rib chiqish uchun fuqarolik ishlarining sudlovga tegishliligiga doir umumiy qoidalar bo‘yicha taqdim etiladi.


  1. Fuqarolik protsessida taraflar va uchinchi shaxslarning tushuntirishlari

81-modda. Taraflar va uchinchi shaxslarning tushuntirishlari
Taraflar va uchinchi shaxslarning hamda ular qonuniy vakillarining o‘zlariga ma’lum bo‘lgan, ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar to‘g‘risidagi tushuntirishlari ish yuzasidan to‘plangan boshqa dalillar qatori tekshirilishi va baholanishi lozim.Taraflardan biri o‘zining talablari yoki e’tirozlariga asos qilib olgan faktlarni boshqa taraf tomonidan tan olinishi birinchi tarafni bu faktlar isbotini davom ettirish zaruriyatidan ozod qiladi. Agar muayyan fakt xususida sudning shubhasi bo‘lsa, bu fakt umumiy asoslarga ko‘ra isbotlanishi lozim.Faktni tan olish sud majlisining bayonnomasiga kiritiladi va tan olgan taraf uni imzolaydi. Agar faktni tan olish yozma arizada bayon etilgan bo‘lsa, mazkur ariza ishga qo‘shib qo‘yiladi.


  1. Fuqarolik protsessual huquq fanida da’vogarning tanlovi bo‘yicha sudlovga tegishlilik

34-modda. Da’vogarning tanlovi bo‘yicha sudlovga tegishlilik
Yashash joyi noma’lum bo‘lgan javobgarga nisbatan da’volar uning mol-mulki turgan joydagi yoki uning ma’lum bo‘lgan so‘nggi yashagan joyidagi sudga taqdim etilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasida yashash joyiga ega bo‘lmagan javobgarga nisbatan da’volar O‘zbekiston Respublikasida uning mol-mulki turgan joydagi yoki ma’lum bo‘lgan so‘nggi yashash joyidagi sudga taqdim etilishi mumkin.Aliment undirish to‘g‘risidagi, otalikni belgilash haqidagi va mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqqa boshqacha tarzda shikast yetganlik yoxud boquvchisining o‘limi natijasida ko‘rilgan zarar o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’volar da’vogar tomonidan o‘zi yashab turgan joydagi sudga ham taqdim etilishi mumkin.Kemalar to‘qnashuvi natijasida yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi, shuningdek suvda yordam berganlik va qutqarganlik uchun haq undirish to‘g‘risidagi da’volar ham javobgarning kemasi turgan yoki kema ro‘yxatga olingan port joylashgan erdagi sudga ham taqdim etilishi mumkin.Ijro etish joyi ko‘rsatilgan shartnomalardan kelib chiqadigan da’volar shartnomani ijro etish joyidagi sudga ham taqdim etilishi mumkin.


  1. Fuqarolik protsessual huquq layoqatining vujudga kelishi va bekor bulishi


Yüklə 107,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə