Hakamlik sudlari to‘g‘risida


-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) berish tartibi



Yüklə 107,25 Kb.
səhifə47/121
tarix11.12.2023
ölçüsü107,25 Kb.
#146253
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   121
Fuqarolik Javob 74

385-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) berish tartibi
Apellatsiya shikoyati (protesti) apellatsiya instansiyasi sudi nomiga yo‘llanadi, lekin hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni chiqargan sudga beriladi.Apellatsiya shikoyati (protesti) sudga ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga qarab ko‘chirma nusxalari bilan birga taqdim etiladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan apellatsiya shikoyati (protesti) mustasno.
Zarur hollarda, sudya apellatsiya shikoyati bergan shaxsning yoki protest keltirgan prokurorning zimmasiga apellatsiya shikoyatiga yoxud protestga ilova qilingan yozma materiallarning ko‘chirma nusxalarini ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga qarab taqdim etish majburiyatini yuklatishi mumkin.


  1. Fuqarolik ishlarini yangi ochilgan xolatlar buyicha qayta kurishda ishtirok etuvchi shaxslarning huquq va majburiyatlari

437-modda. Yangi ochilgan holatlar bo‘yicha sud hujjatlarini qayta ko‘rish asoslari
Qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorlari, ajrimlar va qarorlar yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rilishi mumkin.Hal qiluv qarorlari, ajrimlar va qarorlarni yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:1) arizachiga noma’lum bo‘lgan va ma’lum bo‘lishi mumkin bo‘lmagan, lekin ish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar, agar ular ishni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lsa;2) taraflarning, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning yoki sudyalarning mazkur ish bo‘yicha qonunga xilof, asoslantirilmagan yoxud adolatsiz sud hujjati qabul qilinishiga sabab bo‘lgan, sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan jinoiy qilmishlari;3) sud hal qiluv qarorining, hukmining, ajrimining yoki qarorining yoxud shu hal qiluv qarori, ajrim va qaror chiqarilishiga sabab bo‘lgan boshqa organ qarorining bekor qilinishi.
438-modda. Sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘radigan sudlar
Qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yangi ochilgan holatlar bo‘yicha ushbu hal qiluv qarorini chiqargan sud tomonidan yangidan ko‘riladi. Apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudlarining qaysi ajrimlari va qarorlari bo‘yicha birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori o‘zgartirilgan yoxud yangi hal qiluv qarori qabul qilingan bo‘lsa, o‘sha qarorlar va ajrimlarni yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish sud hujjatini o‘zgartirgan yoki yangi hal qiluv qarori qabul qilgan sud tomonidan amalga oshiriladi.

Yüklə 107,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə