Hakamlik sudlari to‘g‘risida


-modda. Guvohlarni ularning yashash joylarida so‘roq qilish



Yüklə 107,25 Kb.
səhifə49/121
tarix11.12.2023
ölçüsü107,25 Kb.
#146253
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   121
Fuqarolik Javob 74

83-modda. Guvohlarni ularning yashash joylarida so‘roq qilish
Ishni ko‘rayotgan sud joylashgan erdan tashqarida doimiy yashaydigan va uzrli sabablarga ko‘ra sud majlisiga kelish imkoniga ega bo‘lmagan guvohlar sudning tashabbusi bilan, taraflarning yoki ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosnomasiga ko‘ra yoxud guvohning o‘z iltimosnomasi bo‘yicha, ishni ko‘rib chiqayotgan sudning topshirig‘iga binoan o‘zlari yashab turgan joydagi sud tomonidan yoki videokonferensaloqadan foydalangan holda so‘roq qilinishi mumkin. Bu guvohlar ishni ko‘rib chiqayotgan sud majlisiga kelgan taqdirda, ular sud tomonidan so‘roq qilinadi.


  1. Fuqarolik protsessida kelishilgan sudlovga tegishlilik

36-modda. Kelishilgan sudlovga tegishlilik
Taraflar o‘zaro kelishib, muayyan ish uchun hududiy sudlovga tegishlilikni o‘zgartirishi mumkin.Ushbu Kodeksning 35-moddasida belgilangan sudlovga tegishlilik taraflar kelishuvi bo‘yicha o‘zgartirilishi mumkin emas.


  1. Fuqarolik protsessida odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar

Fuqarolik protsessual huquqiy munosabat subyektlarining keyingi guruhini odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar tashkil etadi. Guvohlar, ekspertlar, mutaxas-sislar, tarjimonlar, yozma va ashyoviy dalillarni saqlovchilar, ijro ishi yuritish xolislari va saqlovchilari odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslardir (FPKning 54-moddasi).
Odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslarning huquq va majburiyatlari haqida shuni aytish kerakki, ushbu shaxslar ishda ishtirok etuvchi shaxslardan farqli ravishda FPKda ko‘rsatilgan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning protsessual huquqlaridan foydalana olmaydilar. Aynan ular ishning hal etilishidan moddiy manfaatdor bo‘lmaganliklari tufayli ham, masalan, taraflarning protsessual huquqlaridan (da’vogarning o‘z arzida bayon qilingan talablarning asosini yoki predmetini o‘zgartirishi, da’vo talablarining miqdorini oshirishi yoki kamaytirishi, ulardan butunlay yoki qisman voz kechishi, javobgarning da’vogar talabini to‘liq yoki qisman tan olishi, har ikkala tarafning protsessning istalgan bosqichida kelishuv bitimi tuzish orqali ishni yakunlash huquqi shular jumlasidandir) foydalana olmaydilar. Odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar o‘z tushuntirishlarini og‘zaki yoki yozma ravishda bayon qilishga, yozuvlardan foydalanishga haqlidirlar. Ekspert yoki mutaxassisning sud majlisiga kelmaganligi FPKning 60 va 62-moddalarida nazarda tutilgan oqibatlarga sabab bo‘ladi.


  1. Fuqarolik protsessida qarshi da’voning sudlovga tegishliligi


Yüklə 107,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə