Hakamlik sudlari to‘g‘risida


-modda. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash muddatlari



Yüklə 107,25 Kb.
səhifə46/121
tarix11.12.2023
ölçüsü107,25 Kb.
#146253
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   121
Fuqarolik Javob 74

202-modda. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash muddatlari
Fuqarolik ishlarini sud muhokamasiga tayyorlash ariza qabul qilingan va fuqarolik ishi qo‘zg‘atilgan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddatdan kechiktirmay amalga oshirilishi kerak. Alohida hollarda, bu muddat o‘ta murakkab ishlar bo‘yicha sudyaning asoslantirilgan ajrimiga binoan yigirma kunga uzaytirilishi mumkin, bundan aliment undirish haqidagi, mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqqa boshqacha tarzda shikast yetkazilganligi, shuningdek boquvchisining vafot etganligi munosabati bilan yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash hamda mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar to‘g‘risidagi ishlar mustasno.


  1. Fuqarolik ishlarini sudda qabul qilishda sudlovga tegishlilikning alohida hollari

35-modda. Sudlovga tegishlilikning alohida hollari
Imoratga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi, mol-mulkni xatlashdan chiqarish haqidagi, yer maydonidan foydalanish tartibini belgilash to‘g‘risidagi da’volar imorat, mol-mulk yoki yer maydoni joylashgan erdagi sudning sudloviga taalluqlidir.Meros qoldiruvchining kreditorlari vorislar tomonidan meros qabul qilinguniga qadar taqdim etgan da’volar meros mol-mulk yoki uning asosiy qismi joylashgan erdagi sudning sudloviga tegishlidir.Yo‘lovchilarni, yuklarni yoki bagajni tashish shartnomalaridan yuk tashuvchilarga nisbatan kelib chiqadigan da’volar belgilangan tartibda talabnoma taqdim etilgan transport tashkilotining organi davlat ro‘yxatidan o‘tgan erda taqdim etiladi.


  1. Fuqarolik ishlarini takroran kurish asoslari va tartibi

383-modda. Apellatsiya shikoyati (protesti) berish huquqi
Taraflar va ishda ishtirok etishga jalb qilingan boshqa shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil sudning hal qiluv qarori ustidan apellatsiya tartibida shikoyat qilishi mumkin, bundan tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan nizolar mustasno.Prokuror, yuqori turuvchi prokuror prokurorning ishtirokida ko‘rilgan ish bo‘yicha, shuningdek taraflarning murojaati mavjud bo‘lgan taqdirda birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellatsiya protesti keltirishga haqli.

Yüklə 107,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə