Hakamlik sudlari to‘g‘risida


-modda. Vakilning vakolatlari



Yüklə 107,25 Kb.
səhifə45/121
tarix11.12.2023
ölçüsü107,25 Kb.
#146253
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   121
Fuqarolik Javob 74

69-modda. Vakilning vakolatlari
Sudda ish yuritish vakolatlari vakilga barcha protsessual harakatlarni vakolat beruvchi nomidan amalga oshirish huquqini beradi.Shartnoma bo‘yicha vakillik qiluvchining arz qilingan talablardan to‘liq yoki qisman voz kechish, ularning asosini yoki predmetini o‘zgartirish, miqdorini ko‘paytirish yoki kamaytirish, da’vogarning talablarini tan olish, kelishuv bitimi, mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish to‘g‘risidagi kelishuv yoki mediativ kelishuv tuzish, vakolatlarni boshqa shaxsga o‘tkazish (boshqa shaxsga ishonib topshirish), sud hujjati ustidan shikoyat qilish, arizalarni imzolash, ijro varaqasini undiruvga taqdim etish, undirilgan mol-mulkni yoki pullarni olish vakolati har bir alohida holda vakolat beruvchi tomonidan berilgan ishonchnomada maxsus ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
68-modda. Vakilning vakolatlarini rasmiylashtirish
Vakilning vakolatlari qonunga muvofiq berilgan va rasmiylashtirilgan ishonchnomada ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.Fuqarolar tomonidan beriladigan ishonchnomalar notariuslar yoki notarial harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan boshqa mansabdor shaxslar tomonidan tasdiqlanadi.Davlat boshqaruvi organlarining, mansabdor shaxslarning vakillari tegishli organ rahbarining yoki mansabdor shaxsning imzosi bilan beriladigan ishonchnoma bo‘yicha harakat qiladi.Tashkilot nomidan beriladigan ishonchnoma tashkilot rahbari tomonidan imzolanib, imzo tashkilotning muhri bilan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) tasdiqlanadi.Tashkilotlarning rahbarlari sudga o‘z xizmat lavozimlarini yoki vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatlarni taqdim etadi.Advokatning vakolatlari qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlanadi.


  1. Fuqarolik ishlarini sud muhokamasiga tayyorlash

201-modda. Ishlarni sud muhokamasiga tayyorlash vazifalari
Sudya arizani qabul qilish va ish qo‘zg‘atish to‘g‘risida ajrim chiqarganidan so‘ng ishni o‘z vaqtida va to‘g‘ri ko‘rib chiqish hamda hal qilish maqsadida uni sud muhokamasiga tayyorlaydi.Ishni sud muhokamasiga tayyorlash vazifalari quyidagilardan iborat:
taraflarning huquqiy munosabatlarini va ishni ko‘rishda amal qilinishi lozim bo‘lgan qonunni aniqlash;taraflarning talablari va e’tirozlarini asoslovchi faktlarni, shuningdek nizoni to‘g‘ri hal etish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa faktlarni aniqlash;ishni hal qilish uchun zarur bo‘lgan dalillar doirasini aniqlash va ularning o‘z vaqtida sud majlisiga taqdim etilishini ta’minlash;ishda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan shaxslar tarkibi to‘g‘risidagi masalani hal qilish;taraflar, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar tomonidan zarur bo‘lgan dalillarni taqdim etilishi;taraflarni yarashtirish.

Yüklə 107,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə