Hakamlik sudlari to‘g‘risida


-bob. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ishlarni yuritish



Yüklə 107,25 Kb.
səhifə57/121
tarix11.12.2023
ölçüsü107,25 Kb.
#146253
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   121
Fuqarolik Javob 74

40-bob. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ishlarni yuritish
354-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishning umumiy qoidalari
Ushbu bobda belgilangan qoidalar hakamlik muhokamasi taraflarining hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizalari fuqarolik ishlari bo‘yicha sud tomonidan ko‘rib chiqilayotganda qo‘llaniladi.Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi masala hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi birining foydasiga chiqarilgan bo‘lsa, o‘sha tarafning arizasiga binoan fuqarolik ishlari bo‘yicha sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ariza qarzdor yashaydigan joydagi yoki turgan joydagi yoxud, agar qarzdor yashaydigan joy yoki turgan joy noma’lum bo‘lsa, uning mol-mulki turgan erdagi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga beriladi.


  1. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizaning shakli va mazmuni.

355-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizaning shakli va mazmuni
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ariza yozma shaklda, shu jumladan elektron hujjat tarzida beriladi va hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi birining foydasiga qabul qilingan bo‘lsa, o‘sha taraf yoki uning vakili tomonidan imzolanishi kerak.Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizada quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:1) ariza berilayotgan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning nomi;2) hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudining nomi va tarkibi, joylashgan eri;3) hakamlik muhokamasi taraflarining familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), yashash joyi yoki turgan joyi (pochta manzili), shuningdek, agar ariza vakil tomonidan berilayotgan bo‘lsa, vakilning familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi;4) hakamlik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan sana;5) ariza bilan murojaat etgan hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudining hal qiluv qarorini olgan sana;6) hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi talab.


  1. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish tartibi.


Yüklə 107,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə