Hakamlik sudlari to‘g‘risida



Yüklə 107,25 Kb.
səhifə90/121
tarix11.12.2023
ölçüsü107,25 Kb.
#146253
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   121
Fuqarolik Javob 74

458-modda. Qaytarma ijro
Ijro etilgan sud hujjati o‘zgartirilgan yoki bekor qilingan va ish yangidan ko‘rib chiqilganidan keyin talablarni qanoatlantirishni to‘liq yoki qisman rad etish to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qilingan yoki ish yuritishni tugatish to‘g‘risida yoxud arizani ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risida ajrim chiqarilgan taqdirda, o‘zgartirilgan yoki bekor qilingan sud hujjati bo‘yicha javobgardan da’vogarning foydasiga undirilgan narsalarning barchasi javobgarga qaytarib berilishi kerak (hal qiluv qarorining qaytarma ijrosi).

459-modda. Sud hujjatining qaytarma ijrosi to‘g‘risidagi masalaning birinchi instansiya sudi tomonidan hal qilinishi
Ish yangidan ko‘rish uchun o‘ziga topshirilgan sud o‘z tashabbusi bilan qaytarma ijro to‘g‘risidagi masalani ko‘rishi va uni yangi sud hujjatida yoki ajrimida hal qilishi shart bo‘lib, shu bilan ish yuritish tamomlanadi.
Ishni yangidan ko‘rayotgan sud bekor qilingan sud hujjatining qaytarma ijrosi to‘g‘risidagi masalani hal qilmagan taqdirda, javobgar bu sudga qaytarma ijro to‘g‘risida ariza berishga haqli. Bu ariza ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilgan holda, sud majlisida ko‘riladi. Biroq bu shaxslarning kelmaganligi sud oldiga qo‘yilgan masalaning hal etilishi uchun to‘sqinlik qilmaydi.
Sud hujjatining qaytarma ijrosi to‘g‘risidagi ariza davlat boji to‘lanmagan holda umumiy da’vo muddati ichida berilishi mumkin.


  1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarining sudloviga tegishli ishlar

29-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarining sudloviga tegishli ishlar
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs ariza beruvchi bo‘lgan farzandlikka olish to‘g‘risidagi ishlarni, shuningdek qonun bilan o‘z vakolatiga kiritilgan boshqa ishlarni ko‘radi.Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari alohida holatlardan kelib chiqib, har qanday ishni fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudidan olishga va uni birinchi instansiya sudi sifatida o‘z ish yurituviga qabul qilishga yoki ishni bir suddan boshqa fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudiga o‘tkazishga haqli.


  1. Respublikasi Oliy sudi Plenumining 11.12.2013-yildagi 21-sonli “Sudlar tomonidan farzandlikka olish haqidagi ishlar bo‘yicha qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining mazmun moxiyati

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual va Oila kodekslariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi va sudlar tomonidan mazkur toifadagi ishlarni ko‘rishda kelib chiqayotgan savollarni tushuntirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
1. Sudlarning e’tibori farzandlikka olish haqidagi arizalarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri hal qilish bola huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasining muhim kafolatlaridan biri ekanligiga qaratilsin.
2. Tushuntirilsinki, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining arizalari bo‘yicha farzandlikka olish haqidagi ishlar farzandlikka olinayotgan bolaning yashash yoki turgan joyidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari sudloviga taalluqli.
3. Farzandlikka olish haqidagi ishlar sud tomonidan alohida ish yuritish tartibida ko‘riladi va arizaning mazmuni FPK 189-moddasida nazarda tutilgan talablar bilan birga FPK 299-moddasi talablariga mos kelishi lozim.


  1. Shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish.


Yüklə 107,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə