Hakamlik sudlari to‘g‘risida


-modda. Ish yuritishni to‘xtatib turishning huquqiy oqibatlari



Yüklə 107,25 Kb.
səhifə95/121
tarix11.12.2023
ölçüsü107,25 Kb.
#146253
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   121
Fuqarolik Javob 74

120-modda. Ish yuritishni to‘xtatib turishning huquqiy oqibatlari
Ish yuritish to‘xtatib turilganida, ushbu Kodeksda belgilangan yoki sud tomonidan tayinlangan muddatlarning o‘tishi to‘xtatib turiladi.Ish yuritish tiklanguniga qadar sud biror-bir protsessual harakatlarni amalga oshirishga haqli emas, bundan da’voni va dalillarni ta’minlashga qaratilgan harakatlar mustasno.


  1. Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqiladigan ishlar. Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqiladigan ish bo‘yicha da’vo arizasiga doir talablar.

2792-modda. Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqiladigan ishlar
Agar da’voning bahosi yuridik shaxslarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan, yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan o‘n baravaridan, jismoniy shaxslarga nisbatan esa besh baravaridan oshmasa, da’vo arizalari bo‘yicha ishlar soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqilishi lozim.Agar ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqish chog‘ida quyidagi holatlar belgilanadigan bo‘lsa, sud ishni da’vo ishini yuritishning umumiy qoidalari bo‘yicha ko‘rish haqida ajrim chiqaradi:1) ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqish davlat sirining, tijorat sirining yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirning oshkor etilishiga olib kelishi mumkin bo‘lsa;2) qo‘shimcha holatlarni aniqlash yoki qo‘shimcha dalillarni tekshirish, shuningdek dalillarni ular turgan joyda ko‘zdan kechirish va tekshirish, ekspertiza tayinlash yoki guvohlarning ko‘rsatuvlarini eshitish zarur bo‘lsa;3) bildirilgan talab boshqa talablar bilan bog‘liq bo‘lsa, shu jumladan uchinchi shaxslarga taalluqli bo‘lsa yoki mazkur ish bo‘yicha qabul qilingan sud hujjati bilan uchinchi shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari buzilishi mumkin bo‘lsa;
Ishni ko‘rish muddati ishni da’vo ishini yuritishning umumiy qoidalari bo‘yicha ko‘rib chiqish to‘g‘risida ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran hisoblanadi.

Yüklə 107,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə