Havo-tomchi yuqumli kasallik qo’zg’atuvchilari. Bo’g’ma (diftеriya), ko’k yo’tal, pnevmokokk, klebsiella qo’zg’atuvchilari xaraktеristikasi va laboratoriya tashxisi Boʼgʼma



Yüklə 245,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix28.11.2023
ölçüsü245,43 Kb.
#135967
1   2   3   4   5   6
Difteriya korinebakteriyalari. 


Difteriya (boʼgʼma) toksigen korinebakteriyalar taʼsirida ogʼiz, burun va xalqum shilliq 
qavatlarining fibrinozli yalligʼlanishi va organizmning umumiy zaxarlanishi bilan kechadigan 
oʼtkir yuqumli kasallik. Baʼzan difteriya tayoqchasi teri, qizlar jinsiy aʼzolari, koʼz va 
organizmning boshqa shilliq qavatlariga tushib, ularda xam difteriyaning rivojlanishiga sabab 
boʼlishi mumkin. 
Kasallik qoʼzgʼatuvchisi (Col. diphtheriae)ni birinchi boʼlib E.Klebs 1883 yilda difteriya 
bilan ogʼrigan bola tomogʼidan fibrionozli pardadan topgan. 1884 yilda F.Lyoffler uning sof 
kulьturasini, E.Ru va А.Iersen esa bakteriya ekzotoksinini ajratib olishga muvaffaq boʼldilar. 
(1888 y.) Bu ekzotoksinni E.Bering, Kitazato xayvonlarga yuborib antitoksin oldilar va uni 
bemorlarni davolash uchun qoʼllay boshladilar (1890 y.). frantsuz olimi G.Ramon ekzotoksin 
kuchini formalin taʼsirida kamaytirib, kuchsizlantirilgan toksin, yaʼni anatoksin olishga 
muvaffaq boʼldi va uni kasallikning oldini olish uchun amaliyotga tadbiq qildi (1923 y.). 
Col. diphtheriae coryna lotincha soʼz boʼlib, toʼgʼnogʼichsimon; diphteriae esa parda, 
qobiq degan maʼnoni anglatadi. 
Morfologiyasi. Corynebacterium diphteriae – toʼgʼri yoki bir oz bukilgan grammusbat 
tayoqcha boʼlib uzunligi -8mkm, eni 0,3-0,8 mkm
Oʼsishi. Difteriya bakterisi aerob yoki fakulьtativ anaerob ular 370S (chegarasi 15-400S) 
xaroratda, pH 7,2-7.6 boʼlganda oqsil (ivitilgan zardobli) agarli muxitlarda va qandli bulьonlarda 
yaxshi oʼsadi. Difteriya korinebakteriyalari 16-18 soat davomida oʼsib chiqadi, koloniyalarining 
koʼrinishi burushgan terini eslatadi. 
Toksin xosil qilishi. Difteriya korinebakteriyasi suyuq oziq muxitlarda kuchli ekzotoksin xosil 
qiladi, bu oʼz taʼsir kuchi boʼyicha botulizm va qoqshol ekzotoksinlaridan keyingi oʼrinda turadi. 
Ekzotoksin oʼz navbatida gistotoksin, dermonekrotoksin va gemolizin fraktsiyalaridan 
tashkil topgan. 
Chidamliligi. Difteriya korinebakteriyalari tashqi muxit taʼsiriga chidamli. Ular turli 
buyumlarda 15 kungacha, sut va suvda 6-20 kungacha, kuz va baorda esa buyumlarda 5,5 
oygacha, bemordan olingan materialda xam uzoq vaqt saqlanadi. Korinebakteriyalar 
qaynatilganda 
bir 
daqiqada, 
600S xaroratda qizdirilganda 10 daqiqada oʼladi. 
Dezinfektsiyalovchi moddalar eritmalari ularni bir necha daqiqada oʼldiradi. 
Kasallikning odamlardagi patogenezi. Infektsiya manbai bemor yoki bakteriya tashib 
yuruvchi odam xisoblanadi. Kasallik asosan, xavo-tomchi va chang orqali yuqadi, ammo turli 
oʼyinchoq, idish-tovoq, kitob va boshqa buyumlar shuningdek difteriya qoʼzgʼatuvchisi tushgan 
oziq-ovqatlar orqali xam yuqishi mumkin. 
Kasallikning bolalar va kattalar orasida koʼp tarqalishida bakteriya tashib yuruvchi 
kishilar xavfli xisoblanadi, shuning uchun ularni aniqlash va davolash muxim axamiyatga ega. 
Kasallik kuz-qishda koʼproq uchraydi, infektsiyani epidemik va avj olish davriyligi 7-9 
yilni tashkil qiladi. 
Difteriya korinebakteriyasining kirgan joyida (tomoq, koʼz, traxeya, quloq. Burun, teri, 
jinsiy aʼzolar va boshqalar) maxalliy yalligʼlanish rivojlanib parda xosil boʼladi. 
Korinebakteriya kirgan joyida koʼpayadi va ekzotoksin xosil qiladi. Natijada umumiy 
zaxarlanish roʼy beradi. Toksin shilliq qavatni va terini yalligʼlantirib, nekrozga uchratadi, 
oqibatda kulrang, tarkibida koʼp miqdorda difteriya tayoqchasi boʼlgan parda xosil boʼladi. 
toksin qonga soʼrilib, nerv xujayralari, yurak muskullari parenximatoz aʼzolarini chuqur 
shikstlaydi va umumiy zaxarlanishga olib keladi. Bemorlarning 90%ida tomoq, soʼngra burun 
difteriyasi qayd qilinadi. 
Immuniteti. Difteriyadan soʼng antitoksik immunitet paydo boʼladi, ammo u kuchli emas, 
shuning uchun 6-7% bolalar qaytadan kasallanishlari mumkin. 
Laboratoriya tashxisi. Kasallik tashxisi asosan, bakterioskopik va bakteriologik usullar 
yordamida aniqlanadi. 
Tekshirish uchun difteritik parda, tomoq, burun. Vulьva, koʼz konьyunktivasi va teridan, 
bakteriya tashib yuruvchilardan esa tomoq va burun shilliq qavatidan steril tampon bilan material 
olinadi. 


Davosi va profilaktikasi. Bemorga klinik belgilariga koʼra tashxis qoʼyilganidan soʼng 
oʼrtacha ogʼirlikdagi difteriyada 5000-15000 XB yoki uning ogʼir shakllarida 30000-50000 XB 
antitoksin zardobi yuboriladi. Kasallikning boshlangʼich davrida zardob yaxshi naf beradi
chunki bunda toksin xujayra bilan qattiq birikmagan toʼqimalar xali shikastlanmagan boʼladi. 
Zardob miqdorini davolovchi shifokor belgilaydi. Zardobdan tashqari bemorga 
antibiotiklar (penitsillin, eritromitsin, tetratsiklin) va sulьfanilamid preparatlar xam beriladi. 
Makroorganizmning immunobiologik xolatini oshirish va antitoksinlar ishlab chiqarish 
uchun maʼlum miqdorlarda difteriya anatoksini yuboriladi. 
Kasallikni oldini olish: bemorni darxol aniqlab kasalxonaga yotqizish, bakteriya 
tashuvchilarni davolash; bemor yotgan xona, koʼrpa-toʼshak, kiyim-kechak, idish-tovoqlarni 
dezinfektsiya qilishdan iborat. 
Epidemik oʼchoqda 7 kun davomida bemor bilan muloqotda boʼlganlar tibbiyot xodimlari 
tomonidan nazorat qilib turiladi. Аyrim davlatlar (Germaniya va boshqalar)da bemor bilan 
muloqotda boʼlganlarga 1000 XB xil vaktsinalar bilan oʼtkaziladi. Shu maqsadda АDS-M-
adsorbtsiya qilingan difteriya, qoqshol anatoksini; АKDS-adsorbtsiya qilingan koʼkyoʼtal, 
difteriya, qoqshol vaktsinasi ishlatiladi. 

Yüklə 245,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə