Havo-tomchi yuqumli kasallik qo’zg’atuvchilari. Bo’g’ma (diftеriya), ko’k yo’tal, pnevmokokk, klebsiella qo’zg’atuvchilari xaraktеristikasi va laboratoriya tashxisi Boʼgʼma



Yüklə 245,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix28.11.2023
ölçüsü245,43 Kb.
#135967
1   2   3   4   5   6
Pnevmokokklar. 
Streptococcus oilasida odam patologiyasida muhim rol oʼynovchi S. pneumoniae 
turi alohida oʼrinni egallaydi. U 1881 yilda L.Paster tomonidan aniqlangan. 1886 yilda 
А.Frenkelь va А Veykselьbaum uning krupozli zotiljam etiologiyasidagi rolini aniqlashgan, 
shuning nati-jasida S. rneumoniae ni pnevmokokk deb atashgan. Uning morfologiyasi oʼziga 
xos: kokklar sham alangasiga oʼxshash shaklga ega: bir uchi oʼtkirlashgan, boshqasi 
qalinlashgan; odatda juft boʼlib joylashadi, baʼzida qisqa zanjirlar hosil qilib joylashadi. 
Xivchinlari yoʼq, spora hosil qilmaydi. Odam va hayvon organizmida, shuningdek qon yoki 
plazma tutuvchi oziqli muhitlarda kapsula hosil qiladi. Grammusbat, lekin yosh va eski hosila-
larda grammanfiy. Fakulьtativ anaeroblar. Oʼsish uchun optimal harorat 370S, 280S dan past va 
420S dan yuqori haroratda oʼsmaydi. Oʼsish uchun optimal rN 7,2-7,6. pnevmokokklar perekisь 
vodorod hosil qiladi, lekin katalaza ularda yoʼq, shuning uchun ular oʼsishi uchun bu fermentni 
tutuvchi substratlar (qon, plazma) qoʼshish kerak. Qonli agarda nozik, biroz koʼkimtir rangdagi 
gemoliz halqa bilan oʼralgan koloniyalar hosil qiladi. Qandli bulьonda oʼsishi muhitning 
loyqalanishi va bir oz choʼkma hosil boʼlishi bilan boradi. 
Chidamliligi. Pnevmokokklar tashqi muxitga u qadar chidamli emas: 2-3% li fenol va boshqa 
dezinfektsiyalovchi moddalar taʼsirida 1-2 daqiqada, 52-550S qizdirilganda 10 daqiqada oʼladi. 
Kasallikning odamlardagi patogenezi. Pnevmokokklar asosan yuqori nafas yoʼllari orqali kirib, 
shu yerda saqlanib qolishi mumkin, shuning uchun zotiljam xam ekzogen, xam endogen yoʼllar 
bilan rivojlanadi. 
Odam shamollaganda, oʼta toliqqanda organizmning ximoya kuchi pasayganda 
pnevmokokklar yuqori nafas yoʼllaridan quyi aʼzolarga oʼtadi va kasallik keltirib chiqaradi. 
Pnevmokokklar quyi nafas yoʼllarining shilliq qavatiga tushsa, bronxit, zotiljam, qonga tushsa, 
baktermiya-sepsis, chaqaloq va qariyalarda esa butun organizmga tarqalib ogʼir kasalliklar 
(septikopiemiya va meningit)ga olib keladi. 
Immuniteti. Bemor sogʼaygach, oʼrta kuchdagi, uzoq davom etmaydigan tipmaxsus immmunitet 
xosil boʼladi. Immunitet xar bir serologik variantlarga xos, shuning uchun odam umri davomida 
bir necha marta pnevmokokklarning xar xil tiplari bilan kasallanishi mumkin. 
Laboratoriya tashxisi. Tashxis qoʼyishda bakteriologik usul asosiy xisoblanadi. 
Bemorning balgʼami. Plevra suyuqligi, ekssudatlar, qon, orqa miya suyuqligi tezda muvofiq oziq 
muxitlarga ekiladi, chunki ajratib olingan materiallardagi sreptokokklar tez autolizga uchrashi 
mumkin. Pnevmokokk kulturasini sunʼiy oziq muxitga ekib ajratib olish qiyin, chunki 
materialdagi (ayniqsa balgʼamdagi) boshqa mikroblar muxitda tez koʼpayib pnevmokokkning 
oʼsishiga xalal berishi mumkin. 
Davolash. Аsosan sulfanilamid preparatlari va antibiotiklar keng qoʼllaniladi. Xozir 
pnevmokokklarning keng qoʼllaniladigan antibiotiklarga chidamli turlari koʼpaymoqda, shuning 
uchun ajratib olingan pnevmokokk sof kulturasining xar xil antibiotiklarga chidamliligini 
aniqlab, soʼng muvofiq antibiotiklarni davolashda qoʼllash lozim. Maxsus terapiyada 
sreptokokklarga qarshi immunoglobulinlardan foydalanish mumkin. 


Kasallikning oldini olish. Pnevmokokkli infektsiyalarga qarshi umumiy va maxsus 
profilaktika chora-tadbirlari oʼtkaziladi. Umumiy profilaktika choralariga organizmni, ayniqsa 
bolalar organizmini chiniqtirish, reaktivligini oshirish, bekamu-koʼts ovqatlanish va boshqalar 
kiradi. 
Maxsus profilaktikada, tarkibida pnevmokokklar 23 serovarining xar xil polissaxarid 
antigenlarini tutuvchi polivalent vaktsina qoʼllaniladi. Pnevmokokklarning ushbu serovarlari bu 
mikroblar qoʼzgʼatadigan gematogen infektsiyalarning 90% ni tashkil qiladi. Vaktsina bilan 
asosan, xavfli guruxga kiruvchilar 5-10 yil oralatib 2 marta emlanadi.
Neysseriyalar – oʼziga xosligi bilan alohida oiladagi grammanfiy kokklardir. Yiringlatuvchi 
kokklar toifasidan hisoblanadi, stafilokokk va streptokokklar xam barcha organizm sistemalarini 
yiringli yalligʼlanish jarayonlarini, bundan tashqari meningitni xam chaqirishi mumkin. Boshqa 
yiringli 
kokklar 
chaqiradigan 
meningit shakllaridan farqli oʼlaroq, meningokokk 
qoʼzgʼatuvchilari epidemik tarqaladigan xarakterdagi (epidemik serebrospinal meningit) 
qoʼzgʼatuvchisi hisoblanadi. Bundan tashqari, meningokokklar rinofaringit, sepsis, endokardit, 
buyrak abstsessilarini qoʼzgʼatuvchisi boʼlishi mumkin. Sogʼlom odamlar burun – halqumidan 
aniqlanadi – bakteriya tashuvchilardan, bu esa meningit kasalligini tarqalishiga olib keladi. 

Yüklə 245,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə