Havo-tomchi yuqumli kasallik qo’zg’atuvchilari. Bo’g’ma (diftеriya), ko’k yo’tal, pnevmokokk, klebsiella qo’zg’atuvchilari xaraktеristikasi va laboratoriya tashxisi Boʼgʼma



Yüklə 245,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix28.11.2023
ölçüsü245,43 Kb.
#135967
1   2   3   4   5   6
Koʼkyoʼtal qoʼzgʼatuvchisi. 
Koʼkyoʼtal (koklyush) bolalarda uchraydigan oʼtkir yuqumli kasallik boʼlib. Oʼziga xos 
kuchli boʼgʼilib yoʼtalish bilan kechadi. 
Koʼkyoʼtal XI asrda dastlab Аbu Аli Ibn Sino tasvirlab bergan. Koklyush termini 1578 
yili Parijdagi epidemiya vaqtida qoʼllanilgan. 1679 yili Siden bu kasallikni “pertussis”, yaʼni 
kuchli yoʼtalish deb atagan. Koʼkyoʼtal qoʼzgʼatuvchisini belgiyalik J.Borde va O.Jangular 1906 
yili kashf etishgan. 
Morfologiyasi. Koʼkyoʼtal qoʼzgʼatuvchisining kokkobakteriyalar mayda, katta, tayoqcha 
shaklida boʼlib, ikki uchi bir oz bukilgan, uzunligi 0.5-1,2 mkm, eni 0,2-0,4 mkm. Spora xosil 
qilmaydi, virulent turlarida kapsulasi bor. Xivchinlari yoʼq, xarakatsiz. B.prtussis ning ustki 
qismida fimbriyalari mavjud. Gram usuli bilan manfiy boʼyaladi. 
Oʼsishi. Koʼkyoʼtal mikrobi qatʼiy aerob, oddiy oziq muxitlarda oʼsmaydi, chunki bunda 
yogʼ kislotalari toʼplanib, bakteriyalarning koʼpayishini toʼxtatadi. 
Chidamliligi. Koʼkyoʼtal va parakoʼyoʼtal qoʼzgʼatuvchilari fizik va kimyoviy omillar, 
shuningdek tashqi muxitga chidamsiz; quyosh nuri va dezinfektsion moddalar taʼsirida tezda 
oʼladi. 
Kasallikning odamlardagi patogenezi. Koʼkyoʼtal bilan asosan bolalar kasallanadi. 
Kasallik manbai faqat bemor yoki mikrob tashuvchi odam xisoblanadi. Koʼkyoʼtal bakteriyasi 
bemordan 4-6 xafta davomida ajralib turadi. Kasal bola yoʼtalganda, aksirganda xavoga 
tarqalgan mayda balgʼam va shilliq tomchilaridagi koʼkyoʼtal tayoqchasi sogʼlom bolaning nafas 
yoʼllari orqali organizmga kiradi (infektsiyaning xavo-tomchi yoʼli bilan yuqishi). Kasallik 
koʼpincha 5 yoshgacha boʼlgan bolalarda uchraydi. 
Kasallikning 4 davri ajratiladi:
1) 
Yashirin davri – 1,5-2 xafta,
2) 
Kataral davri-1,5-2 xafta; 
3) 
Boʼgʼilib yoʼtalish, yaʼni kasallikning zoʼraygan davri-4-8 xafta; 
4) 
sogʼayish davri-2-4 xafta. 
Nafas yoʼli orqali tushgan kasallik bakteriyalari shu joyda koʼpayadi va toksin ajratadi. Bu 
endotoksin tomoq, bronx shilliq qavatlarini qitiqlashi tufayli yoʼtal tutadi. Аdashgan nerv 
retseptorlari (tolalari) uzoq vaqt qitiqlanishi natijasida uzunchoq miyaga doimiy ravishda 
impulьs kelib turadi. Bu esa oʼz navbatda uzunchoq miyada turgʼun, kuchli qoʼzgʼalish 
oʼchogʼining paydo boʼlishiga, boshqa retseptorlardagi nospetsifik qitiqlanishlarning kuchli 
oʼchoqqa aylanib, yoʼtal xurujining otishi va kuchayishiga olib keladi. Yoʼtal shartsiz refleks 
xolatidan kasallik rivojlangan sari shartli refleksga aylanib qoladi. 


Immuniteti. Koʼkyoʼtal bir umrga immunitet qoldiradi. Bemorning qonida agglyutinin, 
pretsipitin, komplementni biriktiruvchi antitelolar paydo boʼladi. 
Davolash va profilaktikasi. Bemorni xar taraflama davolash lozim. Dastlab yuqori nafas 
yoʼlidagi shilliq qavat retseptorlarini qitiqlaydigan koʼkyoʼtal bakteriyalarni yoʼqotish zarur. 
Bemorga koʼkyoʼtalga qarshi maxsus ү – globulin, levomitsitin, vitaminlar beriladi. 
Bemor imkoni boricha ochiq xavoda boʼlgani maʼqul. Umuman kasallik simptomlariga qarab 
davolanadi. 
Kasallikning oldini olish uchun umumiy choralari koʼriladi. Аyniqsa bolalar 
muassasalarida kasalni tezda aniqlab, uni boshqalardan ajratiladi. Bemor yotgan xona tez-tez 
shamollatib turiladi. Koʼkyoʼtalning oldini olishida maxsus profilaktika muxim axamiyatga ega 
va yaxshi natija beradi. Xozirgi vaqtda adsorbtsiya qilingan koʼkyoʼtal-boʼgʼma qoqshol 
vaktsinalar (АKDS) bilan bolalar emlanadi. Bu vaktsina tarkibida 40 mlrd.cha oʼldirilgan 
koʼkyoʼtal mikroblari boʼladi. АKDS vaktsina bilan bolani 2,3,4,16 oyligida emlanadi. 

Yüklə 245,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə