Havo-tomchi yuqumli kasallik qo’zg’atuvchilari. Bo’g’ma (diftеriya), ko’k yo’tal, pnevmokokk, klebsiella qo’zg’atuvchilari xaraktеristikasi va laboratoriya tashxisi Boʼgʼma



Yüklə 245,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/6
tarix28.11.2023
ölçüsü245,43 Kb.
#135967
1   2   3   4   5   6
Klebsiellalar.
Klebsiellalar qoʼzgʼatadigan kasalliklar deyarli barcha dunyoda uchraydi. Taxminiy manba-
odam. 
Klebsiella urugʼiga 4 tur: K. oxytoca, K. planticola, K. terrigena,
K. pheumoniae, xamda kenja tur: ozaenae, pheumoniae, rhinosckleromatis 
K. pheumoniae ning 1- va 2-turlari ogʼir destruktiv zotiljamni,
K. pheumoniae va K. oxytoca –opportunistik jarohatlarni, gospital zotiljamni, siydik yoʼli 
infektsiyasini; chaqaloqlarda epidemik diareyani qoʼzgʼatadi. 
Morfologiyasi. Klebsiellalar yoʼgʼon, kalta tayoqcha shaklida, ikki uchi bir oz bukilgan, 
harakatlanmaydigan bakteriyalar. Sporalar hosil qilmaydi. Xivchinlari yoʼq, grammanfiy 
boʼyaladi, yakka-yakka, juft-juft yoki zanjir shaklida makrokapsula bilan oʼralgan holda 
joylashadi. 
K. rheumoniae va K. ozaenae turlarida tukchalari bor. Fimbriyalar morfologiyasiga koʼra 
ikki xil: mannozaga sezgir, yoʼgʼon va mannozaga chidamli, ingichka fimbriyalarga boʼlinadi. 
Oʼsishi. Fakulьtativ anaeroblar, rN 7.2 boʼlgan oddiy oziqli muhitlarda yaxshi oʼsadi. 
Goʼsht-peptonli agarda xira, yirik, boʼrtgan, shilimshiq koʼrinishdagi koloniyalar hosil qiladi. 
Goʼsht-peptonli bulьonda bir xil quyqa hosil qilib oʼsadi. Turli fizik-kimyoviy omillar taʼsirida 
dissotsiatsiya sodir boʼladi. Natijada S va R shakldagi koloniyalar hosil boʼladi.
Fermentativ xususiyati. Biokimyoviy xususiyatiga koʼra yetarli darajada faol emas. 
Toksin hosil qilishi. K. rheumoniae haroratga chidamli enterotoksin ajratadi, boshqa 
turlari esa endotoksin hosil qiladi. 
Odamlardagi patogenezi. Qoʼzgʼatuvchilar asosan bemorlardan, kasal hayvonlardan, 
bakteriya tashuvchilardan havo-tomchi yoʼli orqali oʼtadi. Bolalar va kattalarda pnevmoniya 
kasalligini keltirib chiqaradi. Аyrim hollarda meningit, appenditsit, bolalarda esa septitsemiya, 
sistit va boshqa kasalliklarga sabab boʼladi. 
Immuniteti. Kuchsiz immunitet rivojlanadi. 
Laboratoriya tashhisi. Аsosan bakterioskopiya usulidan foydala-niladi. Tekshirish uchun 
material balgʼam, burundagi suyuqlik, granulema toʼqimalaridan olinadi. Bakteriologik va 
serologik usullar ham qoʼllaniladi. Serodiagnostikada KBRdan foydalaniladi. 


Davosi va profilaktikasi. Keng taʼsir qiluvchi antibiotiklardan foydalaniladi. Maxsus 
terapiyasida avvaldan qizdirib oʼldirilgan vaktsinalar qoʼllaniladi. 
Oldini olish uchun albatta kasallikni erta aniqlash va bemorlarni vaqtida davolash kerak. 
Legionellalar. 
Legionellalar grammanfiy tayoqcha boʼlib, harakatchan, spora, kapsula hosil qilmaydi. 
Legionella bakteriyalari polimorf. Qoʼzgʼatuvchining orasida agar u sunʼiy oziqli 
muhitda oʼstirilgan boʼlsa, sharsimon, ipsimon shakllari va kokkobatsillalar uchraydi.
Oʼsishi. Legionellalar-aerob, fakulьtativ ichi paraziti, oʼsishi uchun oziq muhitga koʼp 
miqdorda oʼstiruvchi omillar qoʼshish lozim.
Biokimyoviy xususiyati. Proteolitik xususiyatlari yaxshi rivojlanmagan, ular mochevina 
va nitratlarni parchalamaydi, amo jelatinani suyultiradi. 
Toksin hosil qilishi. termolabil ekzotoksin va temperaturaga chidamli endotoksin hosil 
qiladi. 
Odamlardagi patogenezi. Kasallik manbai bemor hisoblanadi. Infektsiya havo-tomchilari, 
chang, suv tomchilari orqali yuqadi. Odamlar legionellalarga 100% moyil. Kasallik 3 ta omil 
orqali yuqadi: chang orqali, konditsionerdagi suv tomchilaridan, dushlar ichida yigʼilib qolgan 
suvlardan. 
Infektsiya yuqori nafas yoʼllari orqali kirib, asosan oʼpkani shikastlantiradi. Turli 
sabablarga koʼra immuniteti pasaygan kishilarda, qariyalarda uchraydi. 
Immuniteti. Tipga xos gumoral immunitet hosil boʼladi.
Laboratoriya tashhisi. Tekshiruvchi material balgʼam, plevradan suyuqlik, bronx 
chayindilari, murdadan oʼpka autopsiyasi olinadi.
Bakterioskopik, bakteriologik, serologik usullardan tashhis qoʼyish uchun foydalaniladi. 
Davosi va profilaktikasi. Аntibiotikoterapiya davolashda qoʼllaniladi.
Profilaktikada infektsiya manbasini topish, uni dezinfektsiya qilish muhim ahamiyatga 
ega. 



Yüklə 245,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə