Himoya qoplamalarini hosil qilish texnologiyasi


Nazorat savollari va topshiriqlar



Yüklə 3,52 Mb.
səhifə20/40
tarix13.04.2023
ölçüsü3,52 Mb.
#105416
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   40
Himoya qoplamalarini hosil qilish texnalogiyasi

Nazorat savollari va topshiriqlar
O‘rama materialli tomlar qanday elementlardan tarkib topadi?
O‘rama materialli tom qoplamasini hosil qilishda ishlatiladigan mastikalarning tayyorlanish tartibini tushuntiring.
O‘rama materialli tom qoplamasini hosil qilish texnologiyasini tushuntiring.
Eriydigan qatlamli materiallardan tom qoplamasini hosil qilish texnologiyasini tushuntiring.
Mastikali (o‘rama materialsiz) tom qoplamasi qanday hosil qilinadi?
Asbesttsement varaq (shifer)lardan tom qoplamasini hosil qilish texnologiyasini tushuntiring.
Po‘lat varaqli tom qoplamasini hosil qilishda po‘lat varaqlar (listlar) bir-biriga qanday biriktiriladi?
Qish sharoitida tom ishlarini bajarishning o‘ziga xos jihatlarini tushuntiring.
Tom ishlarining bajarilish sifati qanday nazorat qilinadi?
Tom ishlarini bajarishda mehnat muhofazasi bo‘yicha qanday chora-tadbirlar ko‘zda tutiladi?
2-BOB
Gidroizolyatsiya qoplamalarini hosil qilish texnologiyasi
2.1. Gidroizolyatsiyaning turlari va hosil qilish usullari

G’isht, beton va shu kabi qurilish materiallari tarkibidagi g‘ovakliklar suvni shimib, ushlab turish xususiyatiga ega. Kapillyar so‘rilish natijasida suv konstruktsiya bo‘ylab sezilarli balandlikka ko‘tarilishi mumkin.


Materiallar namlikka to‘yinishi natijasida mustahkamligining va boshqa muhim sifatlarining kamayishi yuz beradi, suv tarkibidagi tuzlar materiallar va konstruktsiyalarning buzilishiga olib keladi.
Konstruktsiyalarni namlikdan himoya qiluvchi suvga bardoshli materiallardan hosil qilinadigan qatlamga gidroizolyatsiya deyiladi. Joylashish o‘rniga qarab gidroizolyatsiya yer osti, suv osti va yer usti turlarga, izolyatsiyalanadigan binoga nisbatan esa tashqi va ichki turlarga bo‘linadi. Vazifasiga ko‘ra gidroizolyatsiya germetiklovchi, issiqlikdan va namlikdan himoyalovchi, korroziyaga qarshi va filtrlanishga qarshi turlarga bo‘linadi.
Gidrizolyatsiya bino va inshootlarning yer osti qismlarini grunt suvlaridan va namlikning kapillyar so‘rilishidan himoyalash (2.1-rasm), turli suyuqliklar saqlanuvchi inshootlarga suvlarning agressiv ta’sirini o‘tkazmaslik maqsadida bajariladi.
Turar-joy va jamoat binolarida poydevorlar, yerto‘lalarning devorlari va pollari, yerto‘lasiz binolarning birinchi qavatidagi pollar, sanitariya uzellarining devorlari va pollari gidroizolyatsiya qilinadi. Sanoat binolari va inshootlarida esa namli jarayonlar amalga oshiriladigan tsexlardagi pollar va devorlar, o‘tish yo‘llari, metropoliten tunellari va stantsiyalari, rezervuarlar gidroizolyatsiya qilinadi.
Ishlatiladigan materialning turiga va hosil qilish usuliga ko‘ra gidroizolyatsiya quyidagi turlarga bo‘linadi: bo‘yaladigan, yopishtiriladigan, suvaladigan, asfaltli va yig‘ma.
Konstruktiv yechimiga ko‘ra gidroizolyatsiya bir va ko‘p qatlamli, simlanadigan va simlanmaydigan, himoya qatlamli va himoya qatlamsiz turlarga bo‘linadi.



2.1-rasm. Poydevorlarni kapillyar namlikdan gidroizolyatsiya qilish
1-otmostka; 2-tsementli suvoq; 3-namlikdan himoyalovchi qistirma; 4-surtiladigan gidroizolyatsiya; 5-himoya to‘sig‘i; 6-poydevor; 7-deformatsiya chokining gidroizolyatsiyasi; 8-beton qatlami; 9-suvga bardoshli tsementli tekislovchi qatlam; 10-erto‘la poli; GSS-grunt suvlari sathi.

Yüklə 3,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə