Himoya qoplamalarini hosil qilish texnologiyasi


Dag‘al yungli texnik namat



Yüklə 3,52 Mb.
səhifə33/40
tarix13.04.2023
ölçüsü3,52 Mb.
#105416
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   40
Himoya qoplamalarini hosil qilish texnalogiyasi

Dag‘al yungli texnik namat uy hayvonlari yunglarining aralashmasidan tayyorlanadi va sovuq suv quvurlarining issiqlik izolyatsiyasi sifatida ishlatiladi. Bu materialni ishlatishdan avval kuyaga va yonishga qarshi moddalarga shimdirib olinadi.
Mineral namatli izolyatsiya bir yoki bir necha qatlamdan iborat bo‘ladi. Bir qatlamli izolyatsiyani hosil qilishda yuzalarga shpilkalar mahkamlab chiqiladi va namatni uni o‘rash jarayonida teshib chiqqan shpilkalar vositasida izolyatsiyalanuvchi yuzaga mahkamlanadi. Metall to‘rdan iborat qoplam ham shu shpilkalar yordamida mahkamlanadi.
Ko‘p qatlamli izolyatsiyani hosil qilishda unga mos uzunlikka ega bo‘lgan shpilkalardan foydalaniladi. Namatlar o‘zidan avvalgi qatlam choklarini bostirib o‘raladi va uning sirtida alyuminiyli folgadan izolyatsiyalovchi va bug‘dan himoyalovchi qatlam hosil qilinadi.
Quvurlarni mineral paxtali namatlar bilan izolyatsiyalashda namatlar bir-ikki qatlam qilib, choklarni bostirib quvur sirtiga o‘raladi va po‘lat lentalar yoki diametri 1...2 mm bo‘lgan po‘lat simlardan xalqa hosil qilib mahkamlanadi. Xalqalar orasidagi masofa 500 mm ni tashkil etadi (3.4-rasm). Quvurlarni mineral paxtali namatlar bilan izolyatsiyalashda namatlar sirti metall to‘rlar bilan o‘raladi va bo‘ylama choklar butun uzunligi bo‘yicha sim bilan tikib chiqiladi. Quvur diametri 600 mm dan ortiq bo‘lgan hollarda ko‘ndalang choklar ham tikiladi. Izolyatsiyaning bu turi -180 oS dan +450 oS gacha bo‘lgan haroratda qo‘llanilishi mumkin.


3.4-rasm. Mineral paxtali tikiladigan chipta bilan izolyatsiyalash
a-quvurlarni; b-tekis yuzalarni; 1-mineral paxtali chiptalar; 2-simli ilgak; 3-metall tasmali xalqa (bandaj); 4-sim bilan ulangan joy; 5-o‘rnatilgan va mahkamlangan shtirlar; 6-shtirlarning izolyatsiya qatlami mahkamlangandan keyingi xolati.
Quvurlarni sintetik bog‘lovchi asosidagi mineral paxtali plitalar bilan izolyatsiyalash -60 oS dan +400 oS gacha bo‘lgan haroratda qo‘llaniladi. Plitalar bir, ikki va uch qatlam qilib montaj qilinadi. Plitalarning har bir qatlami qadami 450...500 mm bo‘lgan xalqalar bilan mahkamlanadi.

Yüklə 3,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə