Himoya qoplamalarini hosil qilish texnologiyasi


Quyiladigan issiqlik izolyatsiyasi



Yüklə 3,52 Mb.
səhifə32/40
tarix13.04.2023
ölçüsü3,52 Mb.
#105416
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   40
Himoya qoplamalarini hosil qilish texnalogiyasi

3.4. Quyiladigan issiqlik izolyatsiyasi

Quyiladigan issiqlik izolyatsiyasi sanoat pechlari va sovutgichlarni izolyatsiyalashda qo‘llaniladi. Maxsus penomassa va tsementli qorishma qorishtirgichda aralashtirilib, hosil bo‘lgan tayyor massa (penobeton yoki gazobeton) gorizontal yuzalarga o‘rnatilgan opalubkalarga 25 sm gacha bo‘lgan balandlikda qatlamlab joylashtiriladi, zichlanadi, tekislanadi va sirti silliqlanadi. SHundan so‘ng izolyatsiya yuzasiga suvni shimib o‘zida ushlab turuvchi chiptasimon material to‘shaladi va betonning me’yoriy qotish sharoitini ta’minlash uchun muntazam namlab turiladi.


Vertikal yuzalarni izolyatsiyalashda dastlab yuzalarga metall to‘r mahkamlanadi va izolyatsiyalovchi qatlam penobeton qorishmasini bosim bilan sochish usulida hosil qilinadi. Betonlash ishlari balandligi 1 m gacha bo‘lgan polosalarga bo‘lib bajariladi. Vertikal yo‘nalishda navbatdagi polosani betonlash avvalgi polosadagi betonning ushlashish jarayoni nihoyasiga yetgandan so‘ng bajariladi. Natijada izolyatsiyalanuvchi yuzaga zich yopishgan, berilgan qalinlikka va shaklga ega bo‘lgan issiqlik izolyatsiyasi hosil bo‘ladi.
Quyiladigan issiqlik izolyatsiyasi ishlarini bajarishda havo harorati +10 oS dan past bo‘lmasligi kerak. Betonning qotish jarayoni sekin kechadi va 5 kundan keyingina beton o‘zining kritik mustahkamligiga erishadi. Izolyatsiya qatlami loyiha mustahkamligini olgach uning sirti 1...2 sm qalinlikda tsement qorishmasi bilan suvaladi va gidroizolyatsiyalovchi o‘rama material yopishtiriladi.
Quyiladigan issiqlik izolyatsiyasining asosiy afzalligi – izolyatsiyaning yaxlitligi, mexanik mustahkamligining yuqoriligi va g‘ovakligi hisoblanadi. Kamchiligi sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: zichligining nisbatan kattaligi, tsement sarfining ko‘pligi, hosil qilish jarayonining ko‘p vaqt talab qilishi va izolyatsiyani namlikdan himoya qilishning zarurligi.
3.5. O‘raladigan issiqlik izolyatsiyasi
Izolyatsiyaning bu turini hosil qilishda mineral namat va alyuminiyli folga kabi egiluvchan materiallardan foydalaniladi.

Yüklə 3,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə