Himoya qoplamalarini hosil qilish texnologiyasi


To‘shaladigan issiqlik izolyatsiyasi



Yüklə 3,52 Mb.
səhifə30/40
tarix13.04.2023
ölçüsü3,52 Mb.
#105416
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   40
Himoya qoplamalarini hosil qilish texnalogiyasi

3.2. To‘shaladigan issiqlik izolyatsiyasi
To‘shaladigan izolyatsiya qaynoq va sovuq yuzalarda hosil qilinadi. To‘shash uchun tolasimon, kukunsimon va donador materiallar – mineral va shisha paxta, penoplast, perlit qumi, pemza, shlak, zola (uchirindi kul) ishlatiladi.
Ko‘pchitilgan perlit qumi issiqlik izolyatsiyalovchi to‘shama sifatida izolyatsiyalanadigan yuzalarda -200oS dan +875oS gacha bo‘lgan haroratda qo‘llaniladi. Mayda donali qum qaynoq yuzalarda, o‘rtacha va yirik donali qum esa manfiy haroratli yuzalarda qo‘llaniladi. Ekspluatatsiya davrida material cho‘kmasligi uchun konstruktsiyaning titrashiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak.
Ko‘pchitilgan vermikulit sochiluvchan, donador material bo‘lib, uni qog‘oz qoplarda tashiladi va saqlanadi. Bu material izolyatsiyalanadigan yuzalardagi harorat -260oS dan +1100oS gacha bo‘lgan oraliqda qo‘llaniladi.
Issiqlik izolyatsiyalovchi material gorizontal yuzalarga mexanizatsiya vositasida uzatiladi, yotqiziladi, tekislanadi va loyiha zichligini olgunga qadar zichlanadi. Hosil qilingan issiqlik izolyatsiyasi tashqi ta’sirlardan himoya qilinishi kerak. Issiqlik izolyatsiyasini atmosfera yog‘ingarchiliklaridan himoya qilish uchun uning sirtiga gidroizolyatsiyalovchi o‘rama material to‘shalib, uning ustida mustahkam tsement-qumli yoki asfaltli tekislovchi qatlam hosil qilinadi.
Vertikal yuzalarni izolyatsiyalashda izolyatsiyalanuvchi yuzaga diametri 3 mm, uzunligi izolyatsiya qalinligiga teng bo‘lgan metall shpilkalar 350 mm gacha oralatib shaxmat tartibida mahkamlanadi. SHpilkalarga o‘lchamlari 15x15 mm bo‘lgan sim to‘r tortib chiqiladi. So‘ngra izolyatsiyalanuvchi yuza va sim to‘r oralig‘iga pastdan yuqoriga tomon issiq saqlagich materialni qatlamlab, zichlab joylashtirib chiqiladi. Sim to‘r sirti 20 mm qalinlikda tsement-qumli qorishma bilan suvaladi va qurigandan so‘ng bo‘yaladi. TSement-qumli qorishma qatlamini bosim ostida sochish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Zarur hollarda issiqlik izolyatsiyasi sirtida gidroizolyatsiya qatlami hosil qilinadi.
To‘shaladigan issiqlik izolyatsiyasi uni hosil qilishning oddiyligi, kam mehnat talab qilishi va narxining arzonligi bilan ajralib turadi. Asosiy kamchiliklari – mexanik mustahkamligi va titrashga qarshilik ko‘rsatishining kamligi, vaqt o‘tishi bilan izolyatsiyaning cho‘kishi va yuqori qatlamlarning ochilib qolishi hisoblanadi.



Yüklə 3,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə