Himoya qoplamalarini hosil qilish texnologiyasi


Qish sharoitida issiqlik izolyatsiyasi ishlarini bajarish



Yüklə 3,52 Mb.
səhifə35/40
tarix13.04.2023
ölçüsü3,52 Mb.
#105416
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Himoya qoplamalarini hosil qilish texnalogiyasi

3.7. Qish sharoitida issiqlik izolyatsiyasi ishlarini bajarish

Qish paytida issiqlik izolyatsiyasi ishlari izolyatsiyalanuvchi yuzalar va izolyatsiyalovchi materiallarning namlanishiga yo‘l qo‘yilmaydigan sharoitda bajarilishi kerak. Yomg‘ir yoki qor yog‘ayotgan paytda ishlar to‘xtatiladi. Issiqlik izolyatsiyasini hosil qilishdan avval yuzalar qor va muzdan tozalanadi, yaxshilab quritiladi va gidroizolyatsiya qoplamasi hosil qilinadi. Mastikali va quyiladigan issiqlik izolyatsiyasi harorati +5oS dan past bo‘lmagan issiqxonalarda bajariladi. Bunda izolyatsiyalanuvchi yuzalar qizdirilgan bo‘lishi kerak. O‘raladigan issiqlik izolyatsiyasini hosil qilishda yuzalar musbat haroratga ega bo‘lishi va yog‘ingarchiliklar bo‘lmasligi kerak. Havo harorati -20oS dan past bo‘lganda issiqlik izolyatsiyasi ishlarini bajarish tavsiya etilmaydi.




3.8. Sifat nazorati
Issiqlik izolyatsiyasining asosiy vazifalaridan biri issiqlikning behuda sarfini kamaytirishdan iborat bo‘lib, bu o‘z navbatida yoqilg‘i-energetik resurslarni tejash imkonini beradi. Issiqlikning behuda sarfi miqdori issiqlik izolyatsiyasi ishlarining bajarilish sifatiga bog‘liq bo‘ladi.
Mineral paxtali va boshqa tolasimon materiallar ishlatilganda issiqlikning behuda sarfi miqdori shu materiallarning qanday darajada zichlab to‘shalganiga bog‘liq bo‘ladi. Agar materiallar to‘shash jarayonida yaxshi zichlanmagan bo‘lsa ekspluatatsiya davrida ular kirishadi va yoqilg‘i sarfining ortishiga olib keladi. Materiallarning keragidan ortiq darajada zichlanishi ham ularning issiqlik o‘tkazuvchanligini oshirib yuboradi.
Izolyatsiya ishlarining sifatini oshirish yoqilg‘i sarfini sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi. Buning uchun loyihalashda teplotexnik sifatlari yuqori bo‘lgan materiallardan va ishlarni bajarishning ilg‘or usullaridan foydalanish ko‘zda tutilishi kerak.
Issiqlik izolyatsiyasining sifati birinchi navbatda ishlatiladigan materiallarning texnik ko‘rsatkichlariga bog‘liq bo‘ladi. SHu sababli qurilish maydoniga keltirilayotgan izolyatsiyalovchi materiallar va buyumlarning sifati, ularning belgilangan tartibda saqlanishi va atrof-muhit ta’siridan himoyalanganligi muntazam nazorat qilib borilishi kerak.
Ishlarning sifatli bajarilishini ta’minlash uchun har bir ish o‘rnida quyidagi nazorat ishlari bajarilishi kerak:
Zavoddan keltirilayotgan materiallarning sifatini tekshirish;
Asosiy izolyatsiyalovchi va qoplama qatlamlarni hosil qilish texnologiyasiga rioya qilish;
Texnologik jarayonga mos keluvchi asboblar va mexanizatsiya vositalaridan foydalanish;
Izolyatsiya ishlari bajariladigan ob’ektlarni sinchiklab qabul qilish;
Izolyatsiyalovchi ishchilar malakasining yuqori bo‘lishi;
Materiallarning omborlarda va ish o‘rnida to‘g‘ri saqlanishi;
Materiallarni tashish va saqlashda konteynerlardan foydalanish.



Yüklə 3,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə