Himoya qoplamalarini hosil qilish texnologiyasi



Yüklə 3,52 Mb.
səhifə39/40
tarix13.04.2023
ölçüsü3,52 Mb.
#105416
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Himoya qoplamalarini hosil qilish texnalogiyasi

Metallizatsiyalash usuli metall konstruktsiyalarni va temir-beton konstruktsiyalarning payvandlanuvchi detallarini korroziyadan himoyalashda qo‘llaniladi. Bunda rux yoki alyuminiy simlardan foydalaniladi va himoya qoplamasining qalinligi 0,2...0,5 mm ni tashkil etadi.
Lak-bo‘yoqli tarkiblar bilan bo‘yash usuli metall konstruktsiyalarni korroziyadan himoyalashda qo‘llaniladi. Bu usulda himoya qoplamalarini hosil qilishda moyli bo‘yoqlar, lak, sintetik smolalar asosidagi emal, bitumli mastikalar va qorishmalar ishlatiladi. Himoya qoplamasi gruntovka va qoplama qatlamlardan iborat bo‘lib, qatlamlar soni qoplamaning vazifasiga, himoyalanadigan materialning xossalariga, qoplamaning hosil qilinish texnologiyasiga bog‘liq bo‘ladi.
Gruntovka qilinadigan materiallar sirti tozalangan va quruq holga keltirilgan bo‘lishi kerak. Gruntovka qilinganda material sirtida ochiq joylar qolmasligi va gruntovka oqib ketmasligi kerak. SHu sababli gruntovka yupqa qatlamli qilib (kamida ikki qatlam) surtiladi. Gruntovka qilib tayyorlangan asosga asosiy bo‘yoq qatlamlari surtiladi. Asosiy qatlamlar, ya’ni qoplama qatlamlari soni yuqorida ta’kidlanganidek qoplamaning vazifasiga, himoyalanadigan materialning xossalariga, qoplamaning hosil qilinish texnologiyasiga va qanday sharoitda foydalanilishiga bog‘liq bo‘ladi.
Qoplamaning qatlamlab hosil qilinishi agressiv muhitning materialga kirib kelish imkoniyatini keskin kamaytiradi. Qoplamaning qalin bir qatlam qilib hosil qilinishi esa darzlar hosil bo‘lishiga, qoplama uzluksizligining buzilishiga, asos bilan yaxshi yopishmasligiga olib keladi. Ko‘p qatlamli qoplamada har bir qatlam o‘zidan avvalgi qatlam to‘liq qurib, qotgandan so‘ng berilishi kerak.
Bo‘yash ishlari mexanizatsiyalashgan usulda va qo‘lda bajarilishi mumkin. Mexanizatsiyalashgan usulda pnevmatik yoki mexanik purkagichlardan foydalaniladi. Kichik shaklli, panjarasimon tuzilgan konstruktsiyalarni himoyalashda lak-bo‘yoq materiallari ortiqcha sarflanmasligi uchun bo‘yash ishlarini qo‘lda bajarish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Yüklə 3,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə